Qrim atrofida NATO ham, Rossiya ham harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

727
0

NATO xarbiy kemalari Qora dengizda harbiy mashg’ulot o’tkaza boshladi. Harbiy mashg’ulotda AQSh, Turkiya, Italiya, Germaniya, Ruminiya va Kanada davlatlarining harbiy kemalari ishtirok etmoqda. Mashg’ulotda Rossiya harbiy kemalari ham o’z o’rnini egallagan. Qrim yarim oroli yaqinida AQSh dengiz kuchlarining qo’mondoni admiral Bred Uilyamson boshchiligida olib borilayotgan NATO harbiy mashg’ulotida Rossiyaning harbiy kemalari ko’zga yaqqol tashlanadi.

Ayni paytda NATO dengiz kuchlariga qo’mondonlik qilayotgan AQShlik admiral Bred Uilyamson harbiy mashg’ulot bo’yicha barcha xalqaro qoidalarga rioya qilinayotganini bildirdi. Admiralga ko’ra hamma o’z rejasi bo’yicha harakatlanmoqda.

“Ular o’zlarining rejalarini amalga oshiradi, biz o’zimiznikini amalga oshiramiz”dedi Admiral.

Bolgariyaning “Varna” portidagi “Vicksburg” harbiy kemasida turib bayonot bergan admiral Uilyamson o’tgan yilda tuzilgan reja bo’yicha harbiy mashg’ulot o’tkazilayotganini ma’lum qildi. NATO ittifoqiga a’zo davlatlar harbiy mashg’ulotda suv osti mudofaasi va dengiz havo harakatlari mashqlarini ham o’tkazishmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligidan berilgan bayonotda ma’lum qilinishicha, Qora dengiz mintaqasida o’tayotgan harbiy mashg’ulotda ikki minga yaqin Rossiya askari ishtirok etmoqda. 10 aprelgacha davom etadigan manyovrlarda havo kuchlarining mudofaa qobilyatlari ham sinovdan o’tkaziladi. Shuningdek, harbiy mashg’ulotda Kavkaz davlatlari, Armaniston, Guruziya va Rossiya tarafidan anneksiya qilingan Qrim harbiylari ishtirok etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.