Kemeron: Yangi inqiroz eshik qoqmoqda

165
0

 Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron olamshumul moliyaviy inqiroz yuzaga kelganidan 6 yil o’tib jahon iqtisodiyotida yana bir bor qizil chiroqlar yona boshlganligidan ogohlantirdi.

 Avstraliyaning Brisbane shahrida tashkil qilingan “Katta yigirmatalik” yig’ilishidan olgan taassurotlarini Britaniyaning “The Guardian” gazetasi bilan o’rtoqlashgan Kemeron “jahon iqtisodiyotining ekranida yana bir bor qizil ogohlantiruvchi chiroqlar yonmoqda”, deya qayd etdi.

 Kemeronning bildirishicha, Yevropa mintaqasi ishsizlar sonining ortib borishi, rivojlanish darajasining tubanlashuvi, narxlarning pasayishi kabi real xavf xatar bilan birga uchinchi bir kasod qirg’og’iga kelib qolgan.

 “Iqtisodiy tiklanishning birinchi bosqichida gullayotgan iqtisod hozirda sekinlab qoldi. Yuqimli ebola kasalligi, O’rta sharqdagi notinchliklar va Rossiyaning Ukrainadagi noqonuniy harakatlari davom etar ekan, dunyo miqyosidagi tijoriy bitimlarning kechikishi beqarorlik va mavhumlikning tahlikali sahnasiga qo’shimcha bo’lmoqda”, dedi Britaniya bosh vaziri.

 Bir tarafdan Britaniya iqtisodini ko’tarish harakatida davom etayotganini urg’ulagan Kemeron “oxirgi paytda amalga oshirilgan ishlar ortidan juda ko’p sonli yangi ish o’rinlari yaratildi. Oxirgi to’rt yilda 1,75 million yangi ish o’rni yaratilib katta ettilik davlatlari ichida iqtisodi tez yuksalgan davlatga aylandik”, deya eslatib o’tdi.

 Devid Kemeron Britaniya iqtisodi ma’qul tarzda rivojlanayotganiga qaramay, dunyo miqyosidagi bitimlar Britaniyadagi iqtisodiy tiklanish uchun ham xavf tug’dirishini ta’kidladi. Uning bildirishicha, Yevropadagi sekinlashuvning ta’sirlari hozirdanoq import va eksportlarda ko’rina boshlagan.

 Kemeron Dunyo miqyosidagi mavhumlikka qaramay, Britaniya qarzlarini qamaytirish mavzusida jiddiy harakat qilishini bildirdi.

 “Za’fiyatimizni kamaytirish borasida uzoq muddatli rejalarimizni mahkam tutib, qo’shimcha qarz olmay, pul-kredit siyosatimiz orqali yuksalishni qo’llashda davom etamiz”, dedi Devid Kemeron.

 Yevropa ittifoqi va AQSh o’rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mustaqil tijorat bitimi haqida ham gapirib o’tgan Kemeron, agar shunday bitim tuziladigan bo’lsa, Britaniya iqtisodiga 10 milliard funt sterlingga yaqin foyda keltirishi mumkinligini bildirdi. Kemeronga ko’ra, Yevropa Ittifoqi hech ikkilanmay yana ham ko’proq tijoriy bitimlar imzolashi kerak.

 “Yangi Yevropa Komissiyasi qilinadigan ishlar ro’yxatini birinchi o’ringa qo’yishi lozim. Yevropa ittifoqining iqtisodiyoti oqsayotgan bir paytda biz o’zimizni chetga olib tura olmaymiz. Avstraliya, Xitoy va Hindiston bilan yana ham ko’proq tijorat bitimini imzolashimiz zarur. Yana ham ko’proq davlatlarni hammaga ochiq mustaqil bozor va mustaqqil tijoratdan foydalanishlari borasida qanoatlantirishimiz lozim” dedi Devid Kemeron.

 Turkiston:

 Dunyoni boshqaru balansi buzulib borayapti. Angliyani xavotirga solayotgan vaziyat, yangi shakllanishi mumkin bo’lgan tizimda uning o’rni qaerda bo’lishi mumkinligida. Albatta bu tizimda Frantsiya va Germaniyaning xam bo’lishi aniq. Lekin ular Rossiya singari dunyoni ikkinchi lageri bo’lib turib, AQSh uchun muvozanat pallasi bo’la olishmaydi, xatto Xitoy xam. AQShning bir tomonlama boshqaruv sistemasida esa, Angliyaning qo’l ostidagi manarxiyaviy mustamlaka qilib borayotgan davlatlardagi manfaatlariga qarshi xarakatlar olib borish xavfi kuchayadi. Shuning uchun Kemeron, YeI Rossiya bilan olib borayotgan sovuq urushdan, o’zi uchun qanchalar zarar ko’rishidan ogoxlantirmoqchi bo’ladi. U Rossiyani bira to’la parchalanib ketishidan rozi emas. Angliya Germaniya kabi yangi etakchilikka kelayotgan davlatlardan farqli, xozirgi dunyo boshqaruv sistemasini ushlab qolish tarafdori. Angliyadagi siyosiy doira, xalqaro siyosatdaga nisbatan, etakchilikka intilayotgan AQSh va Rossiya o’rtasidagi muvozanatni paydo qilish va ushlab turish asosiga qurilgan edi. Xozirda bu muvozanat buzulib borayapti. Demak xalqaro sistema xam buziladi. Bu esa Angliyaning siyosiy doirasining xam barbot bo’lishiga olib keladi. Siyosatchilarga ma’lumki siyosiy doira bir necha o’n yillarsiz shakllanishi qiyin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.