Saudiya qiroli AQSh va Yevropani ogohlantirdi

 Saudiya Arabistoniga qarashli “SPA” rasmiy axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, qirol Abdulloh Jidda shahrida xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashib “terrorizm”ga qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi. Qirolga ko’ra, agar beparvolik qilinadigan bo’lsa “terrorizm” yaqin kunlarda AQSh va Yevropaga tahdid soladi.

 “Terrorizm tinim bilmay ertayu kech odamlarni qatl etmoqda. Ularning qilgan va qiladigan ishlarini jiddiy e’tiborga olmog’ingiz lozim. Agar bu narsa e’tibordan chetda qoldiriladigan bo’lsa, aminmanki, bir oydan keyin Yevropaga, undan yana bir oy o’tib Amerikaga tahdid tug’dira boshlaydi”, dedi Saudiya qiroli.

 “Terror”ga qarshi jiddiy kurash boshlashga chaqirgan qirol elchilardan o’zining gaplarini oqizmay-tomizmay boshliqlariga etkazishni talab qildi.

 “Bu gaplarimni boshliqlaringizga oxirgi harfigacha etkazishinizni istayman. Chunki terrorga qarshi fursatni qo’ldan boy bermay, bor kuch va imkoniyat bilan qarshi kurashish lozim. Men shu vaqtgacha ko’pchiligingiz ular haqida gapirmayotganingizga guvoh bo’lib turbman”, deya urg’uladi u.

 Bundan avval qirol Abdulloh terrorga qarshi kurash maqsadida BMTning “terrorga qarshi kurash markazi”ga 100 million dollar bergan edi. Bundan xursand bo’lgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun esa Jeneva yig’ilishi chog’i Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysalga tashakkur bildirgan edi.

Do'stlaringizga yuboring

One thought on “Saudiya qiroli AQSh va Yevropani ogohlantirdi

  1. Ali

    Bu hoyin hokimlar o`z tahtlariga bo`ladigan havfdan qo`rqanlaridan og`zini to`ldirib o`zlarini kofir otalariga do`q urmoqdalarmi.

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.