Afg’onistondagi shov-shuvli demokratik saylovlar komediyasi umidsizlikka uchradi

465
0

 2014 yilgi prezidentlik saylovlari ortidan afg’on hukumati va uning g’arblik qo’llovchilari afg’on xalqini demokratiyani bag’riga olgan xalq, deya sifatladi. Biroq saylovlar natijalari bunday demokratik saylov komediyasi hech qanday o’zgarish paydo qilmaganini hamda xalqning demokratiyaga bo’lgan ishonchi bo’rttirib ko’rsatilganini fosh qildi.

 Bu o’rinda quyidagilarga diqqatni qaratmoq lozim:

 1 – Saylov komissiyasi tarqatgan hisobotga ko’ra, 33 millionlik afg’on xalqidan 20 %, ya’ni 7 million shaxs ovoz bergan.

 2 – Hech shubha yo’qki, ovoz berganlarning hammasi bu ishni demokratiya asosida emas balki qabilachilik va irqchilik asosida bajarishgan. Masalan, irqchilik va qabilachilik ozroq ta’sir kuchiga ega bo’lgan 5 million aholi istiqomat qiluvchi Qobulda atiga besh yuz mingga yaqin saylovchi ovoz bergan. Bu esa yurt poytaxtida demokratiya qanchalar rad etilganidan darak beradi.

 3 – Kecha kechqurun saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki 100 % ovoz natijalariga ko’ra, tomonlarning hech biri yutib chiqqan emas.

 Xulosa qilish mumkinki, afg’on xalqi demokratiyadan yuz o’girgan, biroq qabilachilik va irqchilik hanuz yurtda hukm surmoqda. Afg’onistonning yangi tarixida geosiyosiy mavqei asosiy strategik kurash sababchisi bo’lib turibdi va modomiki, millatchilik afg’on rejimining asosi bo’lib qolaverar ekan, bu narsa saqlanib qolaveradi.

 Har safargidek, Afg’oniston kelajagi odamlar bergan ovozlar asosida emas, balki G’arb hukmronligi orqali belgilanadi. Zotan, G’arb yurtning geosiyosiy mavqeidan, qabilachilik va irqchilikdan yurtga o’z nufuzini yoyishda foydalanadi.

 Shubhasiz, yolg’iz Xalifalik davlati soyasidagi adolatgina Afg’onistonni bunday geosiyosiy muammolaridan xalos etishga qodir, yolg’iz ugina Afg’onistonni ham, Muhammad Aning barcha Ummatini ham rivojlanish va farovonlik tomon etaklay oladi.

 Hizb ut-Tahrir – Afg’oniston viloyati matbuot bo’limi

 E-Mail: hizbuttahrir.af@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.