Qirg‘izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga qo‘shilishi masalasi muxokama qilindi

424
0

0,

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bosh vazir Jo‘mart O‘tarboyev 2 aprel kuni hukumat a’zolari va prezident apparati rahbariyati bilan Qirg‘izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo bo‘lishga oid masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bosh vazir yig‘ilish ishtirokchilarini Rossiyaga qilgan safari natijalari va Qirg‘iziston-Rossiya o‘rtasidagi ikkitomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari to‘g‘risida erishilgan kelishuvlar to‘g‘risida xabardor qildi.

Uchrashuv davomida yig‘ilish ishtirokchilari Qirg‘izistonni integratsion birlashmalarga a’zo bo‘lishi yuzasidan “yo‘l xaritasi” loyihasini muxokama qilishdi. Uchrashuv so‘ngida Rossiya tomoni bilan ikkitomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo bo‘lishga oid yakuniy kelishuvga erishish uchun ishchi guruhi jo‘natish qarori qabul qilindi.

Turkiston:

Qirg‘iziston hukumati Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lib kirish evaziga Qirg‘izistondan borgan mehnat muhojirlarini BIga a’zo davlatlar hududida imtiyozli shartlar asosida bo‘lishi hamda o‘z hududida ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga ko‘mak ko‘rsatilishni xohlamoqda.

Qirg‘iziston hukumatini qo‘yayotgan bunday talablari bu tashkilot asoschisi bo‘lgan Rossiya manfaatlariga mos kelmagani sababli rasmiy Bishkek bilan kelishuv tuzishga shoshilmay kelmoqda. Chunki Rossiyani BI tashkil etishdan asosiy maqsadi bugungi kunda zamonaviy talablarga javob bera olmay qolgan o‘z maxsulotlari uchun yangi bozor ochishdan iborat. 

Ammo shunga qaramay rasmiy hukumat Qirg‘iziston Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a’zo bo‘lishi keskin qarshiliklarga duch kelmasligi, o‘z fuqarolarini bu tashkilotga nisbatan qarashlarini o‘zgartirish maqsadida rasmiy OAVlari orqali targ‘ibot ishlarini boshlab yubordi.

Qirg‘izistonni BI a’zo bo‘lishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” may oyi o‘rtalarida imzolanishi mumkin. Shundan keyin bu loyiha muxokama uchun parlamentga jo‘natiladi. Agar parlament ham bu loyihani tasdiqlaydigan bo‘lsa Qirg‘izistonni BI kirishi bo‘yicha hukumatni so‘nggi qarori qabul qilinadi… 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.