MDH davlatlarining antiterror markazi rahbarlari Moskvada uchrashishdi

431
0

загруженное (2)

MDH antiterror markazining matbuot bo’limi xabariga ko’ra, 11-12 fevral kunlari Moskva shahrida Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlarning terrorizmga qarshi kurash milliy markazi rahbarlarining terrorizmga qarshi kurash va ekstremizmni boshqa zo’ravonlik ko’rinishlarini oldini olish sohasidagi vakolatli organlari hamkorligini muhim yo’nalishlari bo’yicha VII majlisi bo’lib o’tadi.

Hamdo’stlik davlatlari vakolatli organlarining ommaviy sport tadbirlari o’tkaziladigan vaqtda terrorizmga qarshi turishdagi hamkorlikdagi harakati, xalqaro qidiruv tizimini takomillashtirish, “Tral-Antiterror” maxsus amaliyoti natijalarini sarhisob qilish va terrorizm va ekstremizmni yangi chaqiriq va tahdidlarini baholash kabi masalalar muxokama uchun belgilangan dolzarb mavzular qatoriga kiritilgan.

“Majlisning alohida mavzusi 2014 yilda MDHga a’zo davlatlarning hamkorlikda antiterror o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish va birgalikdagi boshqaruv-shtab mashg’ulotlari masalasi bo’ladi”, – deyiladi xabarda.

Majlisda ishtirok etish uchun MDHga a’zo 11 davlat (Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldoviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ukraina) xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlaridan delegatsiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari va etakchi ekspert va olimlar taklif etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.