Ota-onaga baland ovozda gapirishga oid savolga javob

103
0

images (21)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Lamis Shning ota-onaga baland ovozda gapirishga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ota-onaga achchiqlanish va ularga baland ovozda gapirishning hukmi nima? Ko’pincha ota-ona muammolarga sabab bo’ladi va farzand bu muammolarni isloh qiladi hamda ota-ona farzandini boqishi o’rniga farzand ularning vaziyati va tasarrufotlarini isloh qiladi. Shunda ham ularga achchiqlanish va gohida ularga baland ovozda gapirish ota-onaga oq bo’lish va ularga hayot ishlarida yordam bermaslik hisoblanadimi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh! Alloh Subhanahu va Taolo ota-onaga «uf» deyishdan qaytardi. Shunday ekan, ularga achchiqlanish va baland ovozda gapirish qanday bo’ladi? Alloh Taolo aytadi:

«Parvardigoringiz, yolg’iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt!» [Isro 23]

Alloh Subhanahu va Taolo ota-onaga yaxshilik qilishni O’ziga ibodat qilish bilan bir qatorda zikr qildi. Bu esa bu farzning buyukligiga dalolat qiladi. Ota-onaga itoat qilish haqida ko’plagan dalillar bor. Ularga itoat qilish Allohning izni ila jannatga yo’lni osonlashtiradi. Muslim Abu Hurayra Gdan rivoyat qilgan sahih hadisda Nabiy A dedilar:

«رَغِمَ أَنْفُ، ثُمَّ رَغِمَ أَنْفُ، ثُمَّ رَغِمَ أَنْفُ»، قِيلَ: مَنْ؟ يَا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: «مَنْ أَدْرَكَ أَبَوَيْهِ عِنْدَ الْكِبَرِ، أَحَدَهُمَا أَوْ كِلَيْهِمَا فَلَمْ يَدْخُلِ الْجَنَّةَ»

«Burni erga ishqalansin, burni erga ishqalansin, burni erga ishqalansin». Kimni, yo Rosululloh? – deyildi. «Ota-onasining biri yoki ikkici ham keksaygan vaqtda ularning yonida bo’lgan, lekin jannatga kirmagan odamni», dedilar. Kimning ota-onasi yoki ularning biri keksaygan vaqtda ularning yonida bo’lsa, u ularga itoat qilib yaxshi so’zlarni aytsa va ular tufayli jannatga kirsa unga tubo jannati bo’lsin. Shunday ekan, har bir odam ota-onaga yaxshilik qilishga va ularga muruvvat ko’rsatishga haris bo’lsin.

Har holda kimki adashib, savolda kelganidek, ota-onasiga achchiqlangan bo’lsa Allohdan mag’firat so’rasin va ota-onasidan kechirishlarini hamda rozi bo’lishlarini so’rasin. Chunki ota-onaning qalbi farzandiga rahmlidir. Shuning uchun agar farzand kechirim so’rasa, ota-ona farzandlarning xatolarini kechiradi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.