Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasida gaz etkazib berish bo’yicha shartnoma imzolandi

100
0

загруженное (1)

Qirg’izistonning “Qirg’izgaz” ochiq aktsiyadorlik jamiyati “O’ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi bilan 2014 yilning birinchi choragi uchun gaz etkazib berish bo’yicha shartnoma imzolagan. Bu haqda “Qirg’izgaz” OAJ matbuot xizmatiga tayanib 24.kg axborot agentligi xabar tarqatdi.

Unga ko’ra, Qirg’iziston 2014 yilning birinchi choragi uchun O’zbekistondan oladigan har ming metr kub gaz uchun 290 dollardan to’laydi. Shartnomaning umumiy hajmi 25 million kub metrni tashkil qiladi.

Qirg’iziston, shuningdek, Qozog’izstondan ham gaz sotib olish uchun shartnoma imzolagan. Unga ko’ra, 2014 yilning birinchi choragida Qozog’iston Qirg’izistonga 100 million kub metr tabiiy gazni 224 dollardan etkazib beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.