Yana 8 kishi otib o’ldirildi

103
0

images (7)

Sharqiy Turkistonda Xitoy hukumatining musulmon uyg’urlarga nisbatan ayovsiz zulmi davom etmoqda.

Xitoy davlatiga qaram bo’lgan uyg’uriston (Sharqiy Turkiston) mintaqasida Xitoy politsiyasi 8 kishini otib o’ldirdi.

Xitoyning rasmiy “Tyanshan” axborot agentligi 30 dekabr tongda uyg’ur millatiga mansub 9 kishi qo’llarida pichoq va bolta kabi qurollar bilan Qashg’arning Yorkent bo’lgasi politsiya markaziga hujum qilganligi haqida xabar tarqatdi. Akentlikka ko’ra, havfsizlik kuchlari bu to’qqiz kishidan 8 tasini otib o’ldirgan, 1 kishini tiriklayin qo’lga olgan.

O’ldirilgan kishilarning kimligi va nima sababdan hujum uyushtirganligi haqida ma’lumot berilmagan bo’lsa ham, hodisa yuzasidan keng tarmoqli tergov boshlaganligini bildirildi.

2013 yil dekabr oyi boshida politsiya Qashg’ar yaqinida mahalliy aholi bilan to’qnashib 14 kishini otib o’ldirgan edi.

Xitoy hukumati Uyg’ur musulmonlarini otib o’ldirar ekan, ularni bo’lginchilikda va hukumatga qarshi xurujlarda ayblab keladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zchisi TSin Gan Pekinda jurnalistlarga intervyu berib, Xitoy hozirda 3 yovuz kuch, ya’ni “terrorizm”, “ekstremizm” va “bo’lginchilik” rupasida turganligini ta’kidladi.

“Bu hujum bizning jamiyatimizga qarshi bo’lgan “uch kuchning” mavjudligini tasdiqlaydi. Ular bizning davlatimiz, xalqlarimiz va insonlarning mol-mulkiga jiddiy xavf tug’dirayotganlarini ko’rsatadi. Xitoy hukumati ularga qarshi qonunlar doirasida qattiq zarba beradi”, dedi TSin Gan.

Ammo uyg’ur faollari Xitoy hukumatini o’z zulmini oqlash uchun terror xavfini bo’rttirib ko’rsatishda ayblab keladi. Ularning aytishicha, hech qanaqangi politsiya idorasiga hujum qilinmagan. Balki, Xitoy politsiyasiga arz-dodini aytish uchun borgan tinch uyg’ur musulmonlarni otib tashlangan. Qurollangan Xitoy soqchilariga pichoq va boltalar bilan hujum qilish hech qanday aqlga sig’masligini ta’kidlaydi faollar.

“Xitoy hukumati o’z noroziligini tinch yo’l bilan izhor qilishga urinayotgan uyg’urlar harakatini qurol yo’li bilan bostirmoqda”, – deydi uyg’ur faollaridan biri To’lqin Iso BBSga bergan intervyusida.

O’tgan yilning o’zida Shinjonda yuz bergan hodisalarda Xitoy hukumati 100dan ortiq odamni o’ldirdi.

Turkiston: Ma’lumki Xitoy dunyoda yagona kommunistik tuzum bilan kapitalistik iqtisod sistemasini tatbiq qilayotgan davlat. Natijada bir qator muammolar paydo bo’ldi. Ular siyosiy va iqtisodiy muammolar bo’lib, shu darajada jiddiyki hatto dunyo iqtisodiga ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Xitoy jahon bozorini Yevropa standarti asosidagi davlatlardan himoya qilish yo’lida, ishchi kuchini o’ta past standartlarda ushlashga majbur bo’ldi. Natijada davlat taqsimotni kapitalistik sistemaga muvofiq bozor erkinligiga tashlab qo’yganligidan, tabiiy suratda yirik kapitalistlar kelib chiqdi. Jamiyatda boylar bilan qashshoqlar o’rtasida jiddiy jarlik paydo bo’ldi. Bu esa, xalqaro siyosatda Xitoyga qarshi raqiblariga qo’l kelishi mumkin bo’lgan xolatni yuzaga kaltirdi. Chunki kapitalistlar jahon iqtisodiy sistemalariga bog’lanishganidan, xalqaro sistema ularga oson ta’sir o’tkaza oladi. Xitoy komunistik partiyasi siyosatdagi ta’sir quvvatini yanada kuchaytirishni ixtiyor qildi. Buning uchun Xitoy xam, butun kufr olami qo’llaydigan musulmonlarni vahima qilib o’z jamiyatini sezgirlikka chaqirib olish ortidan rejimlarni kuchaytirish yo’lini tanladi. Ularning musulmonlarni qatl qilishda, ochiq oshkor va vahimali tusda olib borishayaati. Qatllar sabablarining beo’xshovligi esa, musulmonlar tomonidan tabiiy qarshiliklar ya’ni provokatsiyalarga yuravermayotganlari, qatliomlar stsenariylari o’zlari tomonidan tuzilayotgani sabab bo’lmoqda. Bu musulmonlarning ortida ularning qiziqchiliklarini himoya qiladigan, ulardan xar biri uchun hatto davlatlar aro muomalalarni uzib tashlash yoki jixod qilishgacha boradigan quvvatni ya’ni Xalifalik davlatini yo’qligi sabab bo’lmoqda. Misol: Amerika grajdani xatto ochiq Xitoyga qarshi provokatsiya olib borganda ham unga hatto qattiqroq muomila qilishga ham jur’at qila olmaydi.

Abdurazzoq:

u  u2 images (1) images (4)u3u1

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.