Xitoy – Qirg’iziston – O’zbekiston temir yo’lining Qirg’izistonga iqtisodiy ta’siri yo’q

85
0

thumbopen

Xitoy – Qirg’iziston – O’zbkiston temir yo’li loyihasining tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, bu temir yo’l Qirg’izistonga katta iqtisodiy ta’sir ko’rsatmaydi. Bu haqida 26 dekabr kuni telekanal orqali bo’lib o’tgan jonli efirda Qirg’iziston transport va aloqa vazirligi stats- sekretari Maqsadbek Diykanov aytib o’tdi. Uning so’zlariga ko’ra, har qanday loyiha amalga oshirilishidan oldin tahlil qilib chiqiladi, u mamlakat uchun qanchali manfaatli.

U prezident Almazbek Atambaev yakuniy matbuot anjumanida, iqtisodiy imkoniyatlar ochadigan yo’llar cheklangan, deb aytgan so’zlarini eslatib o’tdi. Uning so’zlariga ko’ra, shuning uchun ham xozirgi vaqtda Rossiya – Qozog’iston – Qirg’iziston – Tojikiston temir yo’lini qurish loyihasi ko’rib chiqilmoqda.

Loyihaning qanchalik hayotiy ekanligi haqidagi savolga javob bera turib, loyiha hayotiy, dedi. “Bu loyiha mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo to’liq ma’lumotni faqat tahlil o’tkazilgandan keyingina taqdim qilish mumkin”, – dedi Diykanov.

Turkiston: So’nggi vaqtlarda O’rta Osiyo respublikalari dunyo siyosatini boshqarishlikni da’vo qilayotgan mustamlakachi davlatlar tomonidan nufuz talashuvchi maydonga aylanib qoldi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Rossiyani O’rta Osiyo davlatlari ustidan bo’lgan nufuzini zaiflashtirish uchun Xitoy davlatini iqtisodiy quvvatidan foydalanib, uni O’rta Osiyoga kirib kelishiga imkoniyat berayotgan bo’lsa, Xitoyni bu mintaqada etakchi kuchga aylanib qolmasligi uchun Xindistonni u bilan raqobatlashishi mumkin bo’lgan kuch sifatida maydonga olib chiqmoqda.

Xitoy “Buyuk ipak yo’li” qayta tiklash baxonasi bilan bu mintaqada erkin faoliyat yuritish uchun zamin hozirlab olmoqchi bo’lyapti. Aslida bu loyiha Amerika ko’rsatmasi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, bundan maqsad Rossiya nufuzini sindirishlikka qaratilgan. Sentyabr oyida Bishkek shahrida bo’lib o’tgan ShHT sammitida Xitoy tashkilot dirasida bank tashkil etishni va bu bankka 10 milliard dollar mablag’ ajratishni taklif etgan edi. Ammo bu tashabbusga Rossiya qattiq qarshilik ko’rsatdi va bank emas balki fond tashkil etishni taklif qilgan edi.

O’z navbatida Rossiya ham mazkur respublikalarni o’z ta’sir doirasidan chiqib ketishlariga yo’l qo’ymaslik uchun Bojxona ittifoqi, MDH, KXShT kabi ittifoqlar orqali nufuzini saqlab qolishga harakat qilmoqda va bu ittifoqlarga qo’shilishi uchun kerak bo’lsa Qirg’izistonga o’xshashgan iqtisodiy nochor davlatlarga ochiqchasiga bosim o’tkazmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.