Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasiga norozilik notasi topshirdi

813
0

1388297818_shohchon-rahmatshoev

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 28 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi elchixonasiga, 2013 yil 26 dekabr kuni Moskva shahrining janubiy-g’arbida jasadida ko’p sonli pichoq jarohatlari bilan boshsiz holda topilgan Tojikiston fuqarosi Rahmatshoev Shoxjonning shavqatsizlarcha o’ldirilishi sababli norozilik notasini topshirdi.

Tojikiston TIV xabar qilishicha, norozilik notasida Tojikiston tomoni mazkur shavqatsiz qotillikni sodir etgan shaxslarni aniqlash va jazolash maqsadida to’siqlarsiz va obektiv tergov ishlarini kechiktirmasdan boshlashlikni qat’iy turib talab qilgan.

Tojikiston TI vazirligi, so’nggi vaqtlarda Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalarida, aholining radikal qismi uchun turtki bo’layotgan ksenofobiya va millatchilik ruhidagi xabarlar tez-tez uchrayotganidan taajjublanib, tashvish bildirgan.

“Bunday vaxshiyliklar sodir bo’lishiga olib kelayotgan rossiyalik ayrim jamoatchi arboblarning ksenafobiyaning targ’ib qilishdagi kalta fahmligidan taassuf bildirildi”, – deyiladi TIV xabarida.

Turkiston: Rossiya hukumati rus jamiyati ichida musulmonlar soni oshib borayotganidan va bu o’sish asosan O’rta Osiyo xalqlaridan Rossiyaga ishlash uchun borayotgan mehnat muhojirlari hisobiga to’g’ri kelayotganidan qattiq tashvishga tushib qoldi. Rossiya hukumati mehnat muhojirlari oqimini izga solish uchun so’nggi vaqtlarda butun Rossiya bo’ylab “tozalash” ishlarini boshlab yuborgan bo’lsa, mehnat muhojirlarini doimiy qo’rquv ostida ushlab turish uchun “taqir boshlar”, millatchi guruhlarning “beminnat” yordamlaridan unumli foydalanib kelmoqda va ularning erkin faoliyat olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beryapti. Ularni sodir etgan jinoyatlari uchun tayin qiladigan jazosi ham arzimas bo’lib, ko’p o’tmay ular yana ozodlikka chiqib, o’z jinoiy harakatlarini qayta davom ettirmoqdalar.

So’nggi axborotlardan birida ta’kidlanishicha, birgina Tojikistonga o’tayotgan yilda mingdan ortiq 200-yuk olib kelingan. Temir tobutlarda olib kelinayotgan bu jasadlar haqida aytishgagina oson. Agar bu ko’rsatkichlar chuqurroq tahlil qilinadigan bo’lsa, uning naqadar dahshatli ekanli ma’lum bo’ladi. Agar bir yilda 365 kun bo’lsa, deyarli har kuni Tojikistonning 2-3 hovlisiga Rossiyaning mehnat “front”idan murdalar olib kelinayotgani ma’lum bo’ladi. Demak, o’tyotgan yilda har kuni Tojikistonning 2-Z tadan oilasi otasiz, turmush o’rtog’isiz, farzandsiz, akasiz, ukasiz yoki singilsiz qoldi degani emasmi bu? Har bir xonadonda kamida 3-5 tadan farzand bo’lsa, bir yilda mamlakatdagi yarim etimlar soni 3-5 mingtaga etdi degani emasmi bu?

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham huddi Karimov singari faqat o’z hokimiyati va qarindosh-urug’lari manfaatini ko’zlamay, o’z xalqi farovonligi va xavsizligi haqida ham o’ylaganida shuncha tojikistonlik fuqarolar pul topish ilinjida o’zga yurtda sarson-sargardon, xor va muxtoj bo’lib yurmagan, o’z uyidan tirik chiqib ketib, temir tobutda qaytib kelmagan bo’lar edi. Biroq, faqatgina o’z xotirjamligi va xavfsizligini o’yladigan bu hokimlar uchun oddiy xalqni zarracha qadr-qiymati yo’q. Agar bu hukumatlar o’z fuqarolari xavfsizligini chet ellarda ham kafolatlab berishganida tojikistonlik, o’zbekistonlik va qirg’izistonlik minglab musulmonlar bunday o’lim topmas edilar. Tojikiston hukumati esa birgina norozilik notasini topshirib, shu bilan o’z vazifalarini ado etgandek xotirjam bo’lmoqda.

Bugungi kunda har qanday huquq va imkoniyatlardan, shaxsiy xavfsizlik va xotirjamlikdan mahrum bo’lib yashayotgan O’rta Osiyodagi musulmonlar yagona islomiy Xalifalik bayrog’i ostida birlashish uchun harakat qilmas ekanlar mana shunday xorlik va qashshoqlik iskanjasidan xalos bo’la olmaydilar. Islom tarixida bir fuqarosining nomusi va hayoti uchun butun boshli qo’shin jalb qilingani haqidagi xabarlar barchaga ma’lum, shulardan biri: Payg’ambarimiz Muhammad (sollallahu alayhi va sallam) davrlarida Banu Qaynuqo bozorida musulmon ayoliga tajovuz qilindi. Bir yahudiy muslimani ko’ylagini (toshga bostirib) erga bog’lab qo’ydi. Muslima turgan paytda avrati ochilib qoldi. Yahudiylar to’planib uning ustidan kula boshladilar. Shunda muslima qichqirib yubordi. Uni eshitgan bir sahoba unga yordam berish uchun zudlik bilan keldi va jinoyatchini o’ldirdi. Natijada yahudiylar musulmonni o’ldirishdi.

Payg’ambarimiz Muhammad (sollallahu alayhi va sallam)ga ushbu xabar etgach va yahudiylar qotilni ularning orasidan chiqqanini inkor qilishgach, zudlik bilan qo’shinni yig’dilar. Yahudiylarni 15 kun qamal qildilar. So’ng Banu Qaynuqo taslim bo’ldi va ularni Shomdagi Azraot degan joyga badarg’a qildilar.

Agar biz musulmonlar xozirda ham o’tmishda bo’lgani kabi aziz va mukarram bo’lishni xohlasak barcha imkoniyat va toqatimizni islomiy Xalifalikni qayta tiklash uchun sarflashimiz zarur. Faqat ana shundagina bu dunyoda ham, Ohiratda ham xotirjamlik va azizlikni qo’lga kiritamiz.

1388297749_choi-katli-rahmatshoev-1 1388297836_choi-katli-rahmatshoev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.