Qamchibek Tashiev oila-a’zolarin uchun siyosiy boshpana izlamoqda

94
0

загруженное

Rossiya “Ata Jurt” etakchisi Qamchibek Tashievning oila-a’zolari uchun siyosiy boshpana bergani yo’q. Bu haqida, OAVlaridan birida paydo bo’lgan, sobiq deputat uch davlat hukumatlariga, shular jumlasidan Rossiyaga ham o’z oila-a’zolari uchun siyosiy boshpana berishni so’rab murojaat qilishga majbur bo’lganligi haqidagi xabarni izohlab, Qirg’izistondagi Rossiya Federatsiyasining elchixonasi xabar qildi.

OAV ma’lum qilishicha, o’zining advokati Ikromiddin Aytqulovga uyushtirilgan hujumdan, bir qator partiyadoshlari qamoqqa olinib, yaqinlari va do’stlari qo’rqitilganidan so’ng, Qamchibek Tashiev AQSh, Rossiya va Qozog’istonga boshpana so’rab murojaat qilishga majbur bo’lganligini aytgan.

“Birinchilardan bo’lib ijobiy javob Rossiyadan keldi. “Ata Jurt” etakchisini ta’kidlashicha, o’z oila-a’zolarining xavfsizligini o’ylab shunday qadam tashlashga majbur bo’lgan, o’zining esa Qirg’izistondan chiqib ketish niyati yo’q”, – deyiladi xabarda.

Biroq, Qirg’izistondagi RF elchixonasi bu xabarni inkor etdi. “Tashiev va uning oila-a’zolaridan siyosiy boshpana berishni so’rab ariza kelib tushgani yo’q”, – deyiladi elchixona xabarida.

Turkiston: Nafaqat Tashiev balki appozitsiyachi siyosatchilarning ko’pi oila va kapitallarini chet elga olib chiqib qo’yish uchu xarakatga tushishgan. Madumarov singari ba’zilarigina yangi xukumatlar bilan bir til biriktirishsa keyin yana rodikallashishadi. Siyosiy maydonda faol ish olib borayotgan muxolifotchilarning ko’pi xukumatni avtoritarlashishi bilan kamida jinoiy javobgarchilikka tortilishlarini bilishadi. Mels Mirzaakmatov xam shular to’piga qo’shilish arafasida turibdi.

Bu kabi appozisiyachilar oldida ikki yo’l turibdi. birinchisi: Yurtni tashlab qochish, yuqoridagi Tashievning oilasini olib chiqib ketishi, o’zi uchun qochish yo’llarini osonlashtiradi. Ikkinchisi: oxirigacha olishish, yuqoridagi Tashievning oilasiga boshpana izlashi shunga dalolat qiladi. chunki ularni qabul qiladigan davlat Qirg’iz xukumati bilan aloqalarini biroz yomonlatishga tayyor bo’lishi lozim. Shu davlat kelajakda Qirg’iz appozitsiyasini qo’llashi mumkin bo’lgan qudratli davlat bo’lishga rozi bo’lganligini bildiradi. Tashiev oilasini ko’chirish uchun boshpana so’rashi shart emas. Lekin u kelajakda o’zi xam borib qolishi mumkinligini xisobini xam olmoqda.

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.