Masjidda musulmon-lar qatl etildi

611
0

images (4)

Butun dunyoda yuz berayotgani kabi Markaziy Afrika respublikasida ham musulmonlar qirg’inga uchramoqda. Respublika poytaxt Bangi shahrida masjiddan boshpana topgan musulmonlar bosqinchi nasroniy jangchilar tarafidan qatl etildi.

Hujumga uchragan “Nurul Islom” masjidining imomi Muhammad Vosil Anti-Balaka nasroniy jangchilarining masjiddan boshpana topgan musulmonlarga qilgan hujumini qoralar ekan, “Afsuski, bu o’lkada insoniyligini yo’qotgan, hayvonsifat kimsalar bor. Tavhid kalimasini aytgan har bir kishini, hatto yosh bolalarni ham qatl etishmoqda. Homilador ayollarning qornini yorishgacha etib borgan qiynoqlar amalga oshirilmoqda”, dedi.

“Masjidga kelgan jamoatga o’roqlar bilan hujum qilishdi. Hujumda mahalla aholisi va masjid jamoatidan 23 kishi o’ldirildi. Ayol yoki yosh bolalar demay, o’ldirishyapti. Shahar tashqarisidagi qabristonga boradigan yo’l xavfli bo’lganligi sababli jasadlarni u erga olib bora olmayapmiz. Hozir jasadlar masjid hovlisida turipti. Ularni masjid hovlisiga dafn etishdan boshqa choramiz yo’q”, dedi hujumlar haqida axborot agentliklariga ochiqlagan imom.

Joriy oy boshida Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi shahrida nasroniylar hujumi oqibatida 105 kishi o’ldirilgan edi. Mamlakatdagi axborot agentliklari muxbirlarining bildirishlaricha, Bangi gospitaliga 52 jasad keltirilgan. 53 jasad esa poytaxt atrofidagi masjidlardan birida topilgan.

Frantsiya o’zining sobiq mustamlakasi bo’lgan bu mamlakatda tartib o’rnatish uchun o’z qo’shinini joylashtirgan. Hozirda Frantsiyaning 650 harbiysi tinchlikparvarlik missiyasini bajarish da’vosi bilan Bangida joylashtirilgan. Keyingi voqealar ortidan BMT Xavfsizlik kengashi Frantsiyaga Markaziy Afrika Respublikasidagi tinchlikparvar kuchlar sonini ko’paytirishga ruxsat berdi. Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning aytishicha, tez orada majoroli hududdagi frantsuz harbiylari soni 1200 kishini tashkil etadi.

Mamlakatdagi guruhlarni qurolsizlantirish vazifasi bilan kelgan frantsuz askarlarining nasroniy guruhlarning ishlaridan ko’z yumib, musulmonlarga qarshi harakat qilishlari musulmonlarning noroziligiga sabab bo’lmoqda.

O’lkada havfsizlikni saqlash va fuqarolarni himoya qilish maqsadida BMT tarafidan vazifalantirilgan frantsuz kuchlarining nasroniy Anti-Balaka jangchilari bilan o’zgacha muomalada bo’lganligidan va ularni qurol bilan ta’minlayotganidan Musulmonlar norozi.

Xabarlarda aytilishicha, Markaziy Afrikada tinchlikni saqlash da’vosi bilan kelgan frantsuz askarlari o’zlariga yaqin erda yuz bergan hodisalarga ham juda kech etib kelishadi. Hatto frantsuz askarlarining o’zlari musulmon jangchisi deb ko’rilgan kishilarni tutib, nasroniy vahshiylarning kaltaklab o’ldirishiga qo’yib berganligi xabar qilinmoqda.

Frantsuz askarlari joylashgan aeroportdan 2km masofa oralig’idagi musulmonlarga tegishli uylar talon taroj qilindi. Hodisa frantsuz tinchlikparvar kuchlariga yaqin bir erda sodir bo’lishiga qaramay, ular bunga aralashmaganligi diqqatni tortdi.

Frantsuz askarlaridan birining ta’kidlashicha, buyruqsiz hech bir ishga qo’l urilmaydi. “Qachonki, qo’mondonimiz buyruq bersa ularni to’xtatamiz”, dedi u.

Turkiston: Xalqaro siyosatni boshqarib kelayotgan davlatlar, bir birlari bilan mustamlaka talashash ishlariga juda qattiq kirishib ketishdi. Ular shu manfaatlari yo’lida, millatchilik, qabilachilik va ko’rib turganimizdek dinlar aro ziddiyatlar paydo qilish yo’llariga qattiq berilishdi. Bu iflos mustamlakachilarning ustilarimizdagi zulmlari cho’qqisiga chiqib qolay dedi desak xam bo’ladi. Ular xar qanday tuzm qoralaydigan jirkanch unsurlardan ochiq foydalanishga o’tishdi. O’shdagi millatchilik urushini uyushtirish, Suriyada Asadning jirkanch vaxshiyliklari tomonida turishganini ochiq e’lon qilishlari, Birma, Myanma singari kichik davlatlarni Banglodeshdan ajratib olib, musulmonlarni ommaviy qirg’in qilinishiga qo’yib berishi shular jumlasidan. Endi nasroniylarning tuyg’ularini musulmonlarga qarshi qo’yishga urunishmoqda. Ular bu bilan balki bir biridan mustamlaka bir yurtni tortib olishni maqsad qilishgandir. Lekin bu chiyabo’rini sher bilan o’ynashishiga o’xshaydi. Bular xatto Yevropaning o’zidagi musulmonlarni bosib olish quvvatiga xam ega emaslar. Lekin bu fitnakashlarning nasroniylik yoki butparastlikka xech qanday aloqasi yo’q. Ular xar qanday dinni baravariga xayotdan surib chiqarishni maqsad qilgan demokratiyaga asoslangan kapitalistik sistemaning musulmonlar va Islom sistemasiga qarshi olib borayotgan urushidir.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.