Karzay xo’jayiniga shart qo’ydi

99
0

images (5)

Afg’oniston prezidenti Homit Karzay AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzolash uchun Amerikaga shart qo’ydi.

Karzayga ko’ra, xavfsizlik bitimiga imzo chekishi uchun AQSh harbiylari afg’on xalqi yashayotgan uylarga bostirib kirishni bas qilishlari lozim. Afg’on prezidenti bundan tashqari yana bir talabni ham o’rtaga qo’ydi. U Tolibon bilan kelishish jarayonida o’rtada vositachilik qilib berishni AQShdan talab qilmoqda. Karzayning ta’kidlashicha, bu ikki unsur mutlaqo amalga oshirilishi lozim bo’lgan dastlabki asosiy shartlardir.

Prezident Karzay bu bayonotini Hindistonga uyushtirgan uch kunlik safari chog’ida Yangi Dehlidan turib berdi.

AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimda AQSh harbiylari 2014 yildan so’ng ham Afg’onistonda qolishi ko’zda tutilgan. Maqsad Karzayga tobe Afg’on armiyasini Al-Qoidaga qarshi kurashish uchun yana ham yaxshiroq tayyorgarlikdan o’tkazishdir.

AQSh Karzaydan yil oxirigacha bitimga imzo chekishini talab qilib keladi. Aks holda 2014 yil oxirida Afg’onistondan barcha askarlarini olib chiqib ketish bilan tahdid qilmoqda.

Afg’oniston oqsoqollar kengashi – Loya Jirg’a AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzolash tarafdori. U bu borasida Karzayga tavsiya berib keladi. Ammo Karzay kelgusi yilning aprel oyida o’tadigan saylovdan so’ng imzo chekish fikrini olg’a surmoqda.

Turkiston: 2001 yil 11 sentyabrda Nyuyorkda amalga oshirilgan qo’poruvchilik amaliyotida 2977 kishi xalok bo’ldi. Shuni baxona qilib AQSh Afg’onistonga bostirib kirdi. U erda o’zida o’lganlarga 100 barobar ko’p tinch axolining o’limiga ba’vosita sababchi bo’ldi. Lekin bu urushda o’zi xam talofat ko’rmay qolmadi. Endi Karzay bilan birgalikda, ikkinchi masalani dolzarb qilib ko’tarib, birinchisini bosib o’tir ketishmoqchi. Birinchi masala esa, bizlarga xali isbotlanmagan Al qoidaning aybi uchun yuz minlab musulmonlarimizning be’gunoh to’kilgan qonlari uchun kim xun to’laydi!!? Nega xalqaro xamjamiyat jim. Nega ular insonlarga va davlatlarga xar xil munosabat bildirishadi!? Kuchli davlatlar o’z fuqorolarining hunini yuqoridagi kabi olishsa, zaif davlatlar qanday yo’l tutishlari lozim? Deb BMTga murojaat yasash va uning bu masalani echimida kuchsiz, ojiz ekanini bilganda, aynan shu hun masalasini echimi xaqida fikrlashni avvalgi masala qilish lozim edi!! Balki butun dunyo musulmonlari shu masalani ko’tarishimiz va shu kufr davlatining qo’lidaga xalqaro tashkilotlarning xaqiqiy basharasini ochib tashlashimiz, shuningdek ular bizni qirilib borayotgan xayvonlarcha ko’rmasliklarini, bu esa ularning dunyoni boshqarishdagi sistemalarining yaramas ekanligini ochib tashlash bilan birlashishimizni taqazzo etadi. Chunki Afg’oniston singari davlatlarning yakka xolda bu sistemaga quvvati etmaydi. Negaki bu bir davlatning emas, butun ummatning muammosi bo’lib o’sha kufr chizib bergan chegaralar bizlarni chalg’itmasligi lozim.

Abdurazzoq.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.