Rossiya va Eron: Suriyadagi urushni to’xtatish zarur

195
0

مهدي سنائي

Moskvaga safar qilgan Eronning Suriyadagi elchisi Mahdiy Sanoiy Rossiya tashqi ishlar vazirining o’rin bosari Mixail Bagdanov bilan uchrashib, Suriyada oqayotgan qonni to’xtatish zarurligini ta’kidladi.

Rossiya va Eron diplomatlari o’zaro uchrashib o’rta sharq mintaqasidagi muhim o’zgarishlar haqida muhokama olib borishdi. Uchrashuv chog’ida Rossiya taraf ham Suriyada oqayotgan qonni to’xtatish zarurligini ta’kidlar ekan, buni Jeneva-2 konferentsiyasi boshlanmay turib amalga oshirish kerakligini bildirdi. Biroq ikkala taraf ham o’rta sharq mintaqasidagi muhim o’zgarishlar nima ekanligiga izoh berishmadi.

Hech kimga sir emaski, Rossiya va Eron davlatlari Suriyadagi musulmonlarni qirg’in qilishda Suriya prezidenti Bashar Asadni turli qurol yaroq va harbiy askarlar bilan ta’minlab keladi. Yaqinda Eronning uchuvchisiz samalyotlari Asad tarafida turib musulmonlarga qarshi kurashayotgan Hizbulloh jamoasining ixtiyoriga topshirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Rossiya ham Asadga yuborayotgan raketalarini qonunga muvofiq hamkorlik, deb da’vo qilib keladi. Ammo bugunga kelib Rossiya ham, Eron ham, Suriyadagi urushni to’xtatish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Ayni paytda Rossiya tashqi ishlar vazirining o’rin bosari Mixail Bagdanov Suriya ozod armiyasi namoyondalari bilan Jeneva konferentsiyasi bo’yicha muzokara olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. AQSh hukumati Suriyadagi har qanday qarshilik harakati bilan muloqot olib borishga tayyor ekanligini ta’kidlab turgan bir paytda Rossiya esa faqat mo”tadil qarashdagi muxolif guruhlar bilangina muloqot o’tkazishi mumkinligini bildirmoqda. Bagdanovga ko’ra, Rossiya taraf jihodiy guruhlarning hech biri bilan muloqot o’tkazmaydi.

“Ular bilan nimani ham gaplashish mumkin”, deya e’tiroz bildirdi Bagdanov.

Inter Faks axborot agentligining Rus dilomatiga tayanib xabar qilishicha, Suriya milliy koalitsiya rahbari Ahmad Jarba yanvar oyining boshlarida Rossiyaga safar qilishi mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.