Misrda talabalar As-Sisining boshini og’rityapti

208
0

misir-da-ogrencilere-polis-mudahalesi_m-300x181

Misr poytaxti Qohirada Aynush-Shams universitetining talabalari harbiy to’ntarishga qarshi namoyish o’tkazishdi. Har galgidek politsiya kuchlari namoyishni tarqatishga harakat qilishga urindi. Hodisa guvohlariga ko’ra, Aynush-Shams universitetining talabalari uyushtirgan namoyish Al-Azhar universitetining talaba qizlari uyushtirgan namoyish bilan birlashib ketgan.

Hibsga olingan talabalarning ozod qilinishi va talabalarning o’limiga sabab bo’lgan politsiyachilarning jazoga tortilishini talab qilib chiqqan namoyishchi talabalar “Harbiy boshqaruv yo’qolsin”, “Ichki ishlar vazirligi noqonuniydir”, kabi shiorlarni aytib chiqishdi.

Mudofaa vazirligi atrofini o’rab turgan xavsizlik kuchlari vazirlik binosi yonida to’plangan namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagich va ko’zdan yosh oqizadigan gazlarni ishga soldi.

Politsiya Aynush-Shams universitetidan vazirlikka ketgan yo’lni bekitib qo’ydi. Vazirlik atrofida tezkor kuchlar va zirhli ulovlar joylashtirilgani aytilmoqda. Shuningdek, Qohira shahridagi bir necha ko’chalarga simtikonlar tortilgan.

Ayni paytda Misr ichki ishlar vazirligi qonun doirasidan tashqariga chiqqan namoyishlarga qarshi qattiq choralar ko’rish bilan tahdid qilmoqda.

9 dekabrda Al-Azhar universitetida o’tgan namoyish chog’i politsiya ikki talabani o’ldirib ikki yuzga yaqin talabani hibsga olgan edi. Bu namoyishda ham bir qancha talabalar hibsga olingani aytilmoqda.

Turkiston: Har qanday jazosiz qolgan jinoyat, yangi jinoyatlar tug’diradi. Muborakning qilgan jinoyatlari, uning kufr sistemasi oldida ko’rsatgan xizmatlari evaziga katta davlatlar tomonidan saqlab uni va oilasining xayoti saqlab turilibdi. Uning rejimining saqlanib turishi va ilgarigi zo’rovonligini yana qaytarishga bo’lgan xarakatlari, Muborakning oilasi bilan birga xozirdagi farovon xayotini davom ettirayotganiga bog’liq.

Misrda prizident ag’darildi lekin rejim o’z o’rnida turibdi. prizident har qancha diktator bo’lmasin albatta rejim ya’ni etakchi guruh quvvati bilan ish olib boradi. Uning o’zi esa, ularni boshqarib turishda xizmat ko’rsatib turgan bir simvol singari. Simvol olib tashlansa o’rniga yana bir simvol yasab olinadi. Demak zulmga qarshi xarakat, shaxslarni olib tashlashga emas, balki boshqaruv sistemasiga, rejimga qaratilishi lozim. Bu xolatlar, Karimov singari diktatorlarni ag’darish vaqtida xalq qo’zg’alonchilariga saboq bo’lishi lozim. Xozirdan boshlangan, faqat Karimov va uning oilasini barcha ishlarda aybdor qilib ko’rsatish kompaniyasi boshlangan. Lekin o’sha kompaniyaning o’zi Karimovning oilasidan kam jinoyatchilar emas. Biz Qirg’iziston qo’zg’alonchilari singari chalg’imasligimiz kerak. Ularda xam Misr singari bir necha marotaba prizident almashtirishmasin vaziyat o’zgarmadi.

Tog’utlarni jazolash esa, keyingilariga o’rnak bo’lishi va ularni Sisi singari be’malol qo’rqitishda davom etishidan tiyilishiga sabab bo’lar edi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.