Prizident Islom Karimov dunyoning eng qudratli musulmonlari ro’yhatida

567
0

00,1

“Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni” ro’yxati Ummonda joylashgan Qirollik Islomiy Strategik Tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilib kelinadi. Ushbu ro’yxat 2009 yildan buyon Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda chop etib kelinadi.

Ro’yhatda “Al azhar” unvesitetining buyuk shayhi va masjidining bosh imomi Axmad Muxammad at Toyib avvalgi o’rinda. Bu ro’yxatda xar yili avvalgi o’rinlarni egallaydigan Saudiya podshohi Abdulla bin abdullaziz, O’tgan yil ro’yxatda dunyoning eng qudratli ikkita musulmonidan biri, deb topilgan Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo’g’on, Marokash podshohi Muhammad VI, Eron Oliy ruhoniy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy, Iordaniya qiroli Abdulloh, Misrning “Musulmon birodarligi” harakati ruhoniy rahbari Muhammad Bediya…. va xokazo.

Ayollardan Iordaniya Qirolichasi Raniya al-Abdulloh, Suriyadagi “Qubaysiy” harakati etakchisi shayx Munira Qubaysiy va Qatar jamg’armasi rahbari Sheyxa Moza bint Nosir al-Misned hazrati oliyalari bo’lishgan, xolos.

Bu ro’yhatga shu yil Karimov ham qo’shilishi savol tug’diradi, bularning qudrati ularning musulmonligida emas ekan, unda nimada? Chunki Karimovning musulmonligi ixtilofli masala bo’lishidan tashqari, u musulmonlar uchun qanaqangi quvvatni kasb qiladi?! Voqe’da faqat musulmonlarga qarshi repressiv xarakatlari bilan tanilgan. Demak bu ro’yhat AQSh tatqiqot markazi tomonidan, kufr olamiy sistemasi uchun keltirgan manfaatlari ko’lamiga ko’ra tuzilgan.

Bu ro’yhatga Karimov bilan bir safda juda ko’p davlat raxbarlari, islomiy partiya, jamoa’ raxbarlari va diniy rahnamolari kiritilgan. Karimovning ro’yhatga qo’shilishi, bu ro’yhatdagilar uchun o’zlarini tanib olishlarida o’lchov, andoza bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Xali vaqt bor, Allohning ro’yhatida ham u bilan birga bo’lib qolishdan o’zingizni ehtiyod qiling.

Rozoqqul (A Ali)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.