Hizbut Tahrirning Falastindagi matbuot bo’limi

346
0

01

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Bosqinchi yahudlar «mute’lar» jazosidan xotirjam bo’lgani uchun jinoyatlari yanada ortdi

So’nggi kunlarda bosqinchi yahudlarning Falastin, uning xalqi va muqaddas joylariga qarshi shafqatsiz hujumlari yanada ortdi. Bu hujumlar yahudlarni keng ko’lamli ko’chirishlar, ularni Quddus, Xalil shaharlariga va G’arbiy qirg’oqning boshqa tomonlariga ko’chirishni kuchaytirish, suiqasdlar, Baytul Maqdisdagi uylarni buzish, odamlar mulklarini talash, ekinzorlarni yoqish, Aqso masjidini bulg’ash va uning ustunlariga xatar tug’diradigan qazish ishlarini amalga oshirish kabilarni o’z ichiga oldi. Aqso masjidini musulmonlar bilan yahudlar o’rtasida bo’lishga tayyorlash bu jinoyatlarning so’nggisi bo’ldi. Aqso masjidini bo’lishga va u erda yahudlarning ibodat qilishlariga qonuniy tus berish uchun bu haqdagi qaror loyihasi yahud knessetiga taqdim qilindi. Bunga qo’shimcha bosqinchi vujudning Aqso masjidi ostiga «bo’lish devorlari»ni qurishni boshlash niyati haqida ham gap-so’zlar mavjud.

Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari Qohirada yig’ilib bu bosqinchi jinoyatlariga sharmandalarcha va xorlarcha raddiya bildirdi. Chunki ular «Isroil»ning ishlarini bahsga qo’yilishini so’rab BMT Bosh Assambleyasiga va Yuneskoga murojaat qilishga qaror qilishdi. Biz, Hizbut Tahrir a’zolari yahud bosqinchilariga haqiqiy raddiya berish yahud vujudiga barham berish, Falastinni to’liq ozod qilish, Falastin xalqini va Aqso masjidini bosqinchi jinoyatlaridan qutqarish uchun yahudlarga qarshi Ummat qo’shinlarini harakatga keltirish bilan bo’ladi deb bilamiz va quyidagilarni ta’kidlab o’tamiz:

Hukumatning va arab rejimlarining sharmandalarcha itoatkorligi bosqinchilarni Falastin xalqini qonga botirishga va jinoyatlarini yanada kuchaytirishga jur’atlantirdi. Hukumat Falastinning katta qismidan yahudlar foydasiga voz kechdi va xalqaro doiradagi bahsni 1967 yil bosib olingan hududga cheklab qo’ydi hamda 1948 yil bosib olingan hududda yahud vujudining qonuniyligini kafolatladi. Bu hukumat Amerika unga xorlik va sharmandalik libosini kiygizgandan keyin xiyonatkorona muzokaralarga yana qaytdi. Natijada o’zining barcha «jur’atli» bayonotlarini ortiga uloqtirib, hech bir asossiz va yahudlarni ko’chirishni to’xtatmagan holda muzokara stoliga yana qaytdi. Hukumat xavfsizlik, saqofiy va iqtisodiy masalalarni bosqinchilar bilan muvofiqlashtishda davom etmoqda.

Falastinni va uning xalqini bosqinchiga o’lja qilib qoldirgan, Falastinni ozod qilish uchun qo’shinni harakatga keltirmagan arab rejimlari bosqinchi vujudning xavfsizligini ta’minlashda bir-biri bilan musobaqalashmoqda. Bu rejimlar bosqinchining xavfsizligini ta’minlaydigan bitimlarni tuzish orqali barcha frontlarni unga xavfsiz qilib berdi. Iordaniya, Suriya, Misr bosqinchi bilan jinoiy bitimlarga imzo chekdi. Livandagi Eron hizbi bosqinchi bilan sulh tuzdi, qurolini Shomdagi birodarlarining ko’ksiga qaratdi va 40 yildan ko’proq bosqinchi hududini himoya qilib kelgan Shom tog’utini qo’llab-quvvatladi. Misr rejimi Muborak davrida bosqinchi tashqi ishlar vazirasiga Qohiradan G’azoga urush ochishiga ruxsat berdi. Mursiy davrida Hamas hukumatini bosqinchi bilan sulh tuzdirdi va barcha guruhlarni sulhga rioya qilishga majbur qildi. Misr kuchlari Mursiy davrida ham, inqilobchilar davrida ham Sinodagi qarshilik harakatlariga shafqatsizlarcha hujum qildi va yahud vujudini saqlab qolish uchun er osti yo’llarini buzdi.

Falastin hukumatining va itoatkor rejimlarning timsoh ko’z yoshlari ularning jinoyatlarini yuva olmaydi. Chunki ular bosqinchining davom etib kelayotgan barcha jinoyatlariga sherikdir. Boqinchi hududini himoya qilgan ham, Falastin masalasini Amerika, Rossiya, Yevropa hamda BMT va uning bo’limlari kabi Ummatning dushmanlariga topshirib qo’yganlar ham o’shalardir.

Bas, endi ular Ummat ularning halqumidan ushlaydigan, dushman foydasiga voz kechishlari va itoatlari uchun ularni jazolaydigan kunni kutishsin. Agar ular aql yuritishsa oxirat azobi bundan qattiqroq va og’irroqdir.

Falastin va uning xalqi Alloh Taoloning kunlaridan shunday bir kunni kutmoqdaki, u kunda Islom qo’shinining takbir sadolari yangraydi, uning samolyotlari, zambaraklari va sheryurak askarlarning o’qlari yahudlar qal’alarini parchalaydi, Falastin xalqini bosqinchining va Falastin hukumatining jinoyatlaridan qutqaradi. Biz Hizbut Tahrir a’zolari Ummatning ichida va u bilan birgalikda shu kunga etishga harakat qilmoqdamiz. O’sha kunda biz Ummat etakchiligini qo’lga olamiz va etakchilikni to’g’ri yo’lni tutuvchi xalifaga topshiramiz. Bu xalifa Allohning shariatini tatbiq etadi, Alloh yo’lida jihod qilib, qo’shinni harakatga keltiradi. Bu kunni Falastin xalqi orziqib kutmoqda. O’sha kunda mo’minlar Allohning nusrati sababli xursand bo’ladilar.

«Ey mo’minlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo’lingiz hamda doimo (kurash uchun belingiz bog’liq holda) hozir bo’lib turingiz! Va Allohdan qo’rqingizkim, (shunda) shoyad najot topgaysizlar!» [Oli Imron 200]

Telefon: 0598819100

Elektron pochta: info@pal-tahrir.info

Falastindagi matbuot bo’limi sayti: www.pal-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.