Putin: Islom tariximizning ajralmas bir qismidir

66
0

Vladimir_Putin_21_February_2001-2

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya diniy idorasi tashkil qilinganligiga 225 yil to’lganligi munosabati bilan uyushtirilgan yig’inda musulmonlar muftisi va diniy idora vakillari bilan suhbat o’tkazdi. Suhbat chog’ida Putin “Islom Rossiya tarixining ajralmas bir qismidir va Rossiya saqofatida muhim o’rinni egallaydi. Rossiya turli millatlar orasidagi do’stona munosabatga zarba berilishiga yo’l qo’ymaydi”, deya bildirdi.

Prezident Putin muftiylar bilan o’tgazgan yig’inda xalqaro aloqalar va diniy tashkilotlarga aloqador zaruriy masalalar ustida bahs yuritar ekan, Rossiyaning diniy urushlar va talash-tortishlarga guvoh bo’lmaganligiga ishora qilib, Rossiyada diniy idoraga ruxsat berilishini diniy bag’ri kenglikka misol qilib keltirdi.

Putin uchrashuv chog’ida Islomning siyosiylashuviga qarshi kurashishga chaqirdi. “Hozirda butun olam yuqori ko’rsatgichda davom etayotgan jarayonga guvoh bo’lib turipti. Bu esa har doim ham ijobiy bo’lavermaydi. Hozirgi kechayotgan jarayon Islom diniga siyosiy tus beradigan jarayondir. Bu vaziyatda Rossiya hukumati va Rossiyada hayot kechirayotgan musulmon jamiyat bir yoqadan bosh chiqarib hal qilish mumkin bo’lgan yangi muammolarga duch kelmoqda”, “Ba’zi siyosiy kuchlar Xususan rossiyadagi musulmonlarga yot bo’lgan radikal islomiy oqimlar davlatimizni zayiflashtirish va Rossiya ichkarisida nizoli hududlarni vujudga keltirish maqsadida Islomdan foydalanishmoqda”. dedi u.

Shuningdek Musulmonlar tarixiy an’analarini mahkam ushlash orqali bu harakatlarga qarshi tashabbus bilan chiqishlari zarur ekanligini ta’kidlagan Putin Rossiya musulmonlarini boshqa dinlar namoyondalari, xususan Pravoslav cherkovi bilan aloqani mustahkamlashga chaqirdi. Rossiyadagi musulmonlar doimo bir bo’lib jamiyat va vatanga xizmat qilib kelganligini ta’kidladi.

“Hozirda G’arb bilan Islom olami o’rtasida keskinlik tobora kuchayib bormoqda. Bu erda bu vaziyatdan foydalanib olovga yog’ sepayotganlar bor, bu bizning manfaatimizga ziddir”, dedi Putin. “Davlatlar va xalqlarni halokatga otadigan bu loyihalarni buzish uchun yana ham faol harakat qilishimiz lozim”, deya qo’shimcha qildi u.

Turkiston: Putin Islomga qarshi kurashishdan chekindi. Endi u xam Islomga qarshi musulmonlar quvvatidan foydalanish uslubini tanladi.

Avvalida ichki quvvatiga qattiq ishonib, bosim bilan Islomni to’sib qo’yishni rejalashtirgan Putin, Xizb ut Tahrir bilan siyosiy maydonda mafkuraviy kurashga chiqib qoldi. Rossiyada xalq qo’llagan biror mafkura mavjud emasligidan, tezda bu kurashda mag’lub bo’lishi ta’yin bo’lib qoldi. Putin yuqoridagi bayonoti bilan, mafkuraviy kurashga yaramasligini tan oldi. Chunki bu kurashga xatto demokratiya onasi nomini olgan Yevropa davlatlari xam kirishishga botinisha olmaydi.

Rossiya xam dunyo davlatlari tutgan keng tarqalgan uslubga qaytdi. Bu kurashda, Islomga qarshi tura oladigan dunyoda birorta mafkura mavjud emasligidan, Islom va musulmonlarning o’zidan foydalanishga urunishadi. Islomni ikkiga bo’lib, milliy va rodikal islomchilar deb nomlashdi. Milliy islomchilar, demokratiyadan ta’sirlangan yoki manfaatlangan musulmonlardan tarkib topgan. Rodikallari esa, ularning nazlida Islomdan boshqaga ko’nmaydigan va Islom asosida xarakatlanadigan va Islomni xayotga olib kelish uchun siyosiy va xarbiy xarakatlar olib borishadi.

Lekin Putinning xozirdagi xarakatlari, ilgarigi Karimovning xarakatlarini eslatadi. Shunda bir qator taniqli musulmon shaxslar, Xizbga qarshi pozitsiyada turib, o’zlari omonda qolishlaridan umid qilishgan edi. Ammo ularning deyarli xammasi xozir qochqinda, qamoqda yoki dom daraksiz yo’q qilinishdi. Iymonlaridan kechganlari xali xam Karimovning atrofida. Naxotki Rossiya musulmonlari ichidan xam yuqoridagilar kabi iymonidan kechib bo’lsa xam arzimagan mansablarini saqlab qolishga intiluvchilar bo’lsa. Chunki Xizb ut Tahrir o’z manfaatlarini emas, Islom va musulmonlar manfaatini ko’tardi. Shu yo’lda shaxid va mazlumlar berdi. Musulmon xalqi buni ko’rib turibdi. Naxotki sizlar Islom va musulmonlar dushmani bo’lgan Putin tomonida turib xarakatlanish bilan, Xizb ut Tahrir va musulmonlarga qarshi kurashda g’olib bo’lishlaringga ishonsalaring.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.