Lavrov ogohlantirishdan charchamayapti

450
0

загруженное

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada Quvaytlik hamkasbi Saboh Xolid Axmad bilan Suriya masalasini muhokama qilar ekan, Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish amaliyotini bekor qilishga tashviqotlar yuzaga kelishidan ogohlantirdi.

“Afsuski, Suriya qarshilik harakati safida umuman murosaga kelib bo’lmaydigan taraflar mavjud. Ular Jneva 2 konferentsiyasini bekor qilish va kimyoviy qurolni yangidan ishga solish uchun tashviqot olib boradi”, dedi u.

O’z navbatida Suriyada eng nufuzli islomiy jamoalarning birlashuvidan tashkil topgan “Jaysh-ul Islom” agar Suriya milliy koalitsiyasi Suriya inqirozini hal qilish uchun Jneva 2 konferentsiyasiga qatnashadigan bo’lsa, o’zlari uchun dushman sanalishini ta’kidlab chiqdi.

“Hadas news” saytining yozishicha, “Jaysh-ul Islom” siyosiy guruhining etakchisi Muhammad Alvash “Anadolu” axborot agentligiga “agar Suriya milliy koalitsiyasi Suriya inqirozini hal qilish uchun Jneva 2 konferentsiyasiga qatnashadigan bo’lsa u biz uchun xuddi Asad rejimi kabi dushmanga aylanadi”, deya bildirdi.

Turkiston: Dunyo ikkiga bo’lina boshladi. Mavjud kufr sistemasi va yangidan uyg’onib kelayotgan Islom sistemasi. Xar bir quvvat egasi ertami kech ikkisining birini tanlashga majbur bo’ladi. Shu tanlov jarayoni boshlandi. Bu dunyoni sarosimaga soladigan darajada buyuk siyosiy jarayon bo’ladi. Kufr olami juda katta vaximada, Jeneva 2 singari loixalar ustida ishlashga majbur bo’lishdi. Bu loixa Rossiyaning tashabbusi bilan olib borilayotganidan, AQSh tomonidan tuzilgan koalitsion xukumat o’rtalarida sun’iy yoki tabiiy to’siqlar kelib chiqishi mumkin. Sun’iy to’siqlar, G’arb tomonidan Rossiyani o’z chegasida ushlab turish uchun uyushtirilsa, tabiiylari, musulmon quvvat egalarining Islomni sistema (mabda’) sifatida shakllanib kelayotganidan ta’sirlanishlari oqibatida ro’y beradi.

Yuqoridagi Islom tomoniga og’ib borayotgan musulmonlarning xarakatlari, bu tabiiy jarayon bo’lib, Insha Ollox davom etaveradi. Bugungi kunda Shom Payg’ambarimiz SAV davrlaridagi Makkani eslatadi. Siyratga muvofiq, albatta qiyinchiliklar ortidan g’alaba, nusrat keladi. Chunki Mafkurani faqat bo’shqa bir Mafkura engishi mumkin. Mafkuraviy kurashda, xech qanday moddiy to’siqlar yoki kurashlar yordam bera olmaydi. Islom Mafkurasi albatta kufr Mafkurasi bilan to’qnashadi va musulmonlar ikkisidan birini tanlashga majbur bo’lishadi. Xamma narsa o’shanda Islom va musulmonlar g’alabasi bilan yakuniga etadi insha Ollox.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.