Xotira

471
0

709668-300x147

Ey, O’zbekiston: uxlab yotgan odam tong otayotganini ko’rmay qoladi!

O’zbekistondagi Hizbut-taxrir yigitlaridan biri qamoqqa olinganidan keyin ancha vaqt o’tganiga qaramasdan, ahli oilasi va qaridosh-urug’lari u bilan ko’rishaolmayatgan edilar. Uchrashuvlar ta’qiqlanganiga ikki yil bo’lganida, maxbusning oilasi o’z o’g’illarinig qismati haqida tashvish cheka boshladilar, tirikmi yoki o’likmi? Axir u zolim Karimovning zindonlariga tashlangan edi. Va nihoyat, uning rafiqasi u bilan uchrashishga imkon topdi.

Birodarimiz haqqa ergashganligi, islomiy da’vatni ko’tarib chiqqanligi va O’zbekistonda Xalifalik davlatini barpo qilish uchun Hizbut-taxrir bilan birgalikda faoliyat olib borganligi uchun qamoqqa olingan edi. U 2000 yilning boshlarida xibsga olingan edi va bugungi kungacha qamoqxonada saqlanmoqda. Uni bir necha marta, va qayta-qayta tergov qildilar, hizb fikrlaridan qaytarish va voz kechtirish uchun azobladilar va bosim o’tkazib keldilar. Lekin u, doimo ularning orzu umidlarini puchga chiqarib kelar edi.

Oxirgi vaqtlarda birodarimizni boshqa maxbuslardan ajratib, yakka kishilik kamerada 20 oy saqladilar. Bu muddat davomida uning qarindosh urug’lariga uchrashuvga ruxsat bermadilar. Ammo u hech qachon yolg’iz qolmas edi, chunki yolg’izlik bu shaytonur rojimning qismatidir. Birodarimiz esa doimo o’z Robbisi Jalla Jaloluhuning himoyasi ostida edi. Tog’utning qamoqxonasida asirlikda bo’lishiga qaramasdan, Alloh Taloga bo’lgan iymoni kuchli, Yaratuvchining haq va’dasiga bo’lgan ishonchi mustaxkam bo’lib bordi.

Yusuf a.s.ning qissalari unga kuch berardi. U Yusuf a.s.ni Firavnning qamoqxonasida uzoq yillar qanday qilib sabr qilganligini eslar, buning voqeligini o’zida his qilar edi. Yusuf a.s. ning go’zal ahloqi va pok qalbi atrofidagilarga ta’sir qildi. Ular hattoki, uni yaxshi ko’rib qoldilar, qamoqxonadagi har bir odam unga bog’lanib qoldi, hattoki, u bilan doimo birga bo’lish maqsadida, hibsxonani ham tark etib ketishni istamay qoldilar. Bugun esa birodarimizning go’zal va mumtoz shaxsiyati va pok qalbi qamoqxonadagi sheriklariga ta’sir qildi. Yusuf a.s.ning qamoqxonada kechgan qissasi bugungi kunlarimizda yangidan takrorlanmoqda.

Rafiqasi uni ko’rgani borganida, unga o’zining zaifligidan, toqati tugab borayotganligidan shikoyat qilib shunday dedi: “Allohning nusrati qachon keladi? Uning yordami endi hech qachon kelmasa kerak deb o’ylayman.” Birodarimiz unga ishonch va hotirjamlik bilan javob berdi: ”Uxlab yotgan odam, hech qachon tong otayotganini ko’rmay qoladi”.

Hizbut-taxrirning markaziy matbuot bo’limida e’lon qilish uchun

Birodarimiz Abdulloh yozdi.

O’zbekiston.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.