Qirg’izistonda o’g’irlangan o’zbek qochqini Andijon turmasidan topildi

96
0

76959664-6BAC-426C-B698-F8CC593EFB19_w527_s

 

Huquq ximoyachilarini xabar qilishicha, Bishkekda g’oyib bo’lgan O’zbekiston fuqarosi Shuxrat Musin tirik va qaryib sakkiz oydan buyon Andijon turmasida ushlab turilipti.

“Markaziy Osiyoda inson huquqlari” tashkilotining xabariga ko’ra, Shuxrat Musinni turgan joyi haqidagi xabarni uning yaqinlariga Shuxrat uchun davlat tarafidan tayinlangan Andijon advokatlar kollegiyasi advokati xabar bergan. Himoyachi ularga, Shuxratga zudlik bilan issiq kiyim-bosh jo’natish kerakligi hamda yaqinlari u bilan uchrashishlari mumkinligini aytgan.

BMTning qochqinlar bo’yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi (QOKB) tarafidan qochqin maqomi berilgan hamda uchunchi davlatga chiqarib yuborilishini kutayotgan Shuxrat Musinga 2013 yil 18 fevral kuni kimdir qo’ng’iroq qilgan. Shuxrat tezda qaytib kelishi haqida ogohlantirib chiqib ketadi. Biroq qaytib kelmaydi. Bishkekning Sverdlov tumani Alamedin kichik dahasida ijaraga olgan uyida Shuxratni ikki yosh bolasi hamkasbi bilan qoladi. Xotini bu vaqtda yo’lda Jaloloboddan Bishkekka kelayotgan bo’lgan. Tashkilotning xabar qilishicha, bu yo’qolish ortidan oilasiga ko’p sonli tahdidlar va bir necha oyga qamoqqa olish qo’shilgan.

Shuxrat Musin 1984 yil 30 sentyabr kuni Qirg’izistonni Jalolobod shahrida tug’ilgan. O’zbekistonning Andijon viloyati Xonobod shahrida katta bo’lgan.

Tashkilotning xabarida aytilishicha, “2007 yili Shuxrat bir nechta o’rtoqlari bilan 2005 yil mayida Andijonda sodir bo’lgan qirg’in haqidagi videotasmani ko’rishgandan so’ng, ular to’g’risida MXX qiziqib qoladi. 2008 yilning aprel oyida ulardan bir nechtasi “vahhobiy”larga aloqadorlikda ayblanib qo’lga olinadi va ozodlikdan maxrum etiladi. Shuxratning oilasi yashagan xonadonda esa bir necha bor tintuv o’tkazilib, O’zbekistonda ta’qiqlangan diniy adabiyotlar tashlab qo’yiladi. Shuxrat MXX ta’qibidan qochib O’zbekistondan chiqib ketgach, 2009 yilda unga qidiruv e’lon qilingan”.

“Markaziy Osiyoda inson huquqlari” tashkiloti Shuxratni daragini bilish uchun Andijon viloyati prokraturasi, kirish-chiqish ishlarini rasmiylashtirish idorasi va boshqa qator idoralarga ariza bilan murojaat qiladi, ammo ularning barchasi bunday shaxs O’zbekistonda yo’qligi haqida xabar qiladi. MXX esa tashkilotni ikkita arizasiga shunchaki javob bermay qo’yaqoladi.

Tashkilotni Andijondagi manbasiga ko’ra, tez kunlarda Shuxrat Musin ustidan sud ishi boshlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.