Klinton: AQSh dunyo etakchiligini saqlab qolishi kerak.

461
0

AQSh Yaqin Sharqda, Shimoliy Afrikada hamda butun dunyoda etakchilikni saqlab qolishi kerak. Bu haqda Xillari Klinton senatning tashqi ishlar bo’yicha komitetida bo’lib o’tgan tinglovlar chog’ida aytdi.

Tinglovlar o’tgan yilning 11 sentyabrida Liviyaning Beng’ozi shaxrida ro’y bergan va natijasida AQSh elchisi xalok bo’lgan hodisa yuzasidan Xillari Klintonning xisobotini muhokama qilishga bag’ishlangan edi.

“Qo’shma Shtatlarning Yaqin Sharqda, Shimoliy Afrikada hamda butun dunyoda etakchilik qilishini davom etdirishi muhim deb xisoblayman.

To’rt yil mobaynida biz uzun masofani bosib o’tdik va endi chetga chiqishlikka o’zimizga yo’l qo’yolmaymiz”, – takidladi Klinton. Uning so’zlariga ko’ra, maydonda Amerikaning bo’lmasligi, ayniqsa notinch mintaqalarda, yomon oqibatlarga olib keladi: – ekstremizm tomir otadi, manfaatlar barbod bo’ladi hamda shaxsiy xavfsizlik tahdid ostida qoladi.
Turkiston: Amerika yuqoridagi fikr ustida, bir necha oqimlarga bo’linib bormoqda. Klinton o’z pozitsiyasini manfaatli ekanligiga chaqirib, senat va AQSh xalqi oldida oqlanishga urinayotganining o’zi buning dalili bo’la oladi. Qolgan oqimlar xam, o’z fikrlarida toboro quvvatlanib borishmoqda.

Ular o’rtalaridagi kelishmoqchilik, ichki krizislar arafasida turgan AQSh, dunyoga etakchilik qilib, uning borgan sari ko’payib borayotgan muammolari bilan tortib borishi xozirgi vaziyatda manfaatlimi yo’qmi, shu xaqqida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.