AQSh Rossiyaning Suriya masalasini hal qilishdagi etakchilik qilishiga ko’nmoqda

524
0

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2011 yilning bahoridan buyon Suriyada davom etayotgan qonli to’qnashuvlar natijasida 250 mingdan ziyod odam qurbon bo’lgan. Ularning yarimidan ko’pini tinch aholi vakillari tashkil etadi. Norasmiy manbalar esa qurbon bo’lganlar soni bu raqamdan bir necha barobar ko’p ekanligini ta’kidlab kelishadi.

Suriyada davom etayotgan urush allaqachon hukumat va muxolifat o’rtasidagi kurash chegarasidan o’tib, Haq va botil, iymon va kufr o’rtasidagi kurashga aylanib ulgurdi. Bu kurashni o’z izmiga solishni uddasidan chiqa olmayotgan etakchi kufr davlatlari ularning har birini rozi qila oladigan yangi malayni etishtirib chiqarish uchun vaqtdan yutish maqsadida qonxo’r Bashar Asadga yangidan-yangi muddatlar berib kelishmoqda. “Jeneva-1”, “Jeneva-2” konferentsiyalari va endilikda Rossiya tomonidan tayyorlanayotgan “Jeneva-3” konferentsiyasi hamda AQSh va Rossiya o’zaro bir-birlariga estafeta tayoqchasini uzatishlari bu kurashni o’z maqsadidan burib yuborishga imkoniyat paydo qilishdan boshqa narsa emas.

28 avgust kuni Moskvada AQShning Suriya bo’yicha maxsus vakili Maykl Ratni va rossiyalik diplomatlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv natijalariga ko’ra AQSh Davlat departamenti qarashlardagi tavofutlarga qaramasdan, Moskva bilan Suriya masalasi bo’yicha hamkorlikni davom ettirishga umid bildirishini ma’lum qildi.

Washington Times nashri Vashington “Moskva Suriya bilan bog’liq barcha masalalarni hal qilishda “markaziy o’yinchi bo’lishiga” ko’nikayotgani haqida xulosa chiqarmoqda. Kreml buning uchun barcha faol diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, deb ta’kidlamoqda nashr.

Oxirgi mahal Moskvaga Yaqin Sharq davlatlaridan bir qator rasmiy shaxslar, shu jumladan Suriya muxolifatining vakillari ham tashrif buyurdilar. Yaqinda Iordaniya qiroli Abdulloh II Putin bilan uchrashuvi chog’ida Rossiyaning tutgan o’rni “qarama-qarshi tomonlarning muzokaralar stoli atrofida yaqinlashishi uchun hayotiy zarurat ekanligini” ta’kidlab o’tgan edi.

Shu bilan birga Rossiyada Suriyada tartib o’rnatish bo’yicha o’z munosabatini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, deb yozmoqda nashr. Nashrning fikricha, bu Moskvaning Bashar Asad tartibining tarafdori – Eron bilan ishonchli muzokarachi sifatida mustahkamlanib borayotgan nufuzi bilan bog’liq bo’lmoqda.

Turkiston:

AQSh Suriya rejimini ham, “IShID” tashkilotining ham, barcha hatti harakatlarini o’z ta’siri ostiga olib bo’lgan. Endi bu sun’iy vaziyat bilan dunyoni vahimaga solish orqali bir necha manfaatlarini ro’yobga chiqarib olmoqchi.

Tarixda AQSh, Saddam rejimini Kuvaytga qarshi urush ochishiga ruxsat berib turib, so’ng bu telefon orqali bergan rozichiligini inkor qilib, Iroqning o’ziga qarshi urush ochish uchun hatto Yaponiyani hamkorlik qilishga tortgan edi. Natijada Quvaytda o’zining harbiy bazasini o’rnatib oldi. So’ng 11 sentyabr voqeasini bahona qilib yana olamiy koalitsiya tuzdi. Bunda ham urushni deyarli bir o’zi olib borgan bo’lsa ham, dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarini koalitsiyaga qo’shilishga majbur qildi. Bu amaliyotining natijalaridan biri Qirg’izistonda Gansi aviobazasini Manas aeroportiga joylashtirib olgan edi.

Endi, Suriyani xuddi 11 sentyabrda yakson qilib yuborilgan egizaklar deb nomlangan binolari singari vayron qilib yuborganidan keyin, yana navbatdagi, ilgarigilaridan deyarli farq qilmaydigan yangi siyosiy nayranglarini boshlamoqda. Suriya muammosini hal qilish asosida uyushtirilayotgan bu yirik siyosiy nayranglar vositasida AQSh Turkiyani, Saudiya Arabistonini, Kurd millati vakillarini, Iroq va Eronni, qo’yingki butun Yaqin Sharqdagi mamlakatlarni vahima va o’zidan qo’rquv ostiga ola oldi. Endi u yana olamiy koalitsiya tuzushga kirishdi. Hatto O’zbekistonni ham shu koalitsiyaga kirishga da’vat qildi.

AQShning Rossiyani bu muammoga tortishi, uni holdan toyib bo’lganini bila turib, xalqaro hamjamiyat oldida izza qilishga bo’lgan navbatdagi harakatiga o’xshaydi. Chunki Rossiyaning ichki muammolaridan, Putinni rejimining ahvoli Asadnikidan unchalik ham farq qilmaydigan holatga borib qolayotgani barchaga ma’lum bo’lib turipti. Demak AQSh Rossiyani, O’zbekistonni koalitsiyaga taklif etgani qatorida, uni ham ramziy roziligiga erishish orqali, Rossiyani ham o’zini boshqa ko’ppaklari darajasiga tushib bo’lganini ko’rsatib qo’ymoqchi shekilli.

Mabodo Putin yana Suriya muammolariga kirishishga rozi bo’lsa, AQSh uni endi u erda botqoqqa botirib yuborishi aniq. Chunki AQSh endi Rossiyani, Putinni rejimi bilan birga hatto ko’ppak qilib ishlatishga ham rozi emas. U Putinni rejimini Rus xalqining qo’li bilan tor mor qilmagancha, Rossiya bilan muzokara qilmaydi. Hatto Rossiya AQSh oldida tiz cho’kkanida ham, Putinni rejimi u vaqtda yo’q bo’lishi shart.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.