Misrda “terrorga qarshi qonun loyihasi” tasdiqlandi

617
0

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi “terrorga qarshi kurash qonun loyihasi”ni tasdiqladi. Bu haqida prezident so’zchisi Ali Yusuf ma’lum qildi. Mazkur loyiha Misrda keng tortishuvlarga sabab bo’layotgan edi.

Misr davlat bosh prokrori Hishom Barakatga qarshi uyushtirilgan suyiqasd ortidan nihoyasiga etkazish tezlashtirilgan qonun loyihasi ikkinchi iyulda Misr vazirlar kengashi tasdig’idan o’tgan edi. Vazirlar kengashining da’vosiga ko’ra, mazkur loyiha asosida “Qonun ustivorligida adolatni vujudga keltirish va terrorni moliyalashtirayotgan manbalarni yo’q qilish hamda terror harakatlarini amalga oshiruvchilarning yo’lini to’sadigan diplomatik va huquqiy qadamlar tashlash” ishlari amalga oshiriladi.

Terrorga qarshi kurash haqidagi qonun loyihasining tasdiqlanishi Prezident as-Sisiga va Misr xavfsizlik kuchlariga xizmat doirasida keng imkoniyatlar yaratishi aytilmoqda. Bu esa davlat siyosatiga qarshi bo’lganlarga va huquq himoyachilariga hamda oddiy xalqqa nisbatan qiyinchiliklarni vujudga keltirishi tabiiy.

Ayni paytda Misr huquq va erkinliklar koordinatsiyasi ikki yil, ya’ni as-Sisi hokimiyatni qo’lga olgandan buyon shu kungacha o’ldirilgan insonlarning soni 2799 taga etganligini ma’lum qildi. Bularning ba’zilari namoyish paytida oshkoro otib o’ldirilgan bo’lsa, ba’zilari “terrorga qarshi kurash” bahonasida ommaviy qirg’inga duchor bo’lgan. Yana ba’zilari esa qamoqlarda muntazamlik tusini olgan qiynoqlar natijasida hayotdan ko’z yumgan.

Bundan tashqari bir qancha insonlar turli ayblovlar bilan o’lim jazosiga hukm qilingan. Dom-daraksiz yo’qolganlar va panjara ortiga tashlanganlar haqida gapirmasa ham bo’laveradi. Bu hali “Terrorga qarshi kurash qonun loyihasi” tasdiqlanmay turib hukumat amalga oshirgan jinoyatlarning bir qismi edi xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.