“Chillaki chillakini ko’rib chumak uradi” deganlaridek, Qirg’iziston hukumati ham yon qo’shnilari O’zbekiston va Tojikistondagi mustabid hukumatlar izidan borib Islom va musulmonlarga qarshi kurashini kundan kunga kuchaytirib bormoqda. O’rta Osiyoda Islom dini va musulmonlarga qarshi kurashni birinchilardan bo’lib boshlab bergan O’zbekiston hukumat avval boshda ko’zga ko’ringan diniy peshvolarni o’g’irlab, qamoqqa tashlab yoki mamlakatdan bosh olib chiqib ketishga majbur qilgan bo’lsa, keyinchalik oq do’ppi va saqolga qarshi kurashni boshlagan edi. O’z nazdida bu kurashda “muvafaqqiyat”ga erishganidan so’ng, o’quvchi qizlarning ro’mollari va 18 yoshga to’lmagan yosh yigitlarni masjidlarga qatnashlariga to’siq qo’yildi hamda muslima ayollarni jamoat joylarida ro’mol va hijobda yurishini taqiqlab, ularning boshlaridan ro’mollarini majburan echib olishni boshladi. Hukumatning bu ishida o’zlarini “din peshvolarimiz” deb nomlagan saroy ulamolari yaqindan yordam berib kelishdi va kelishmoqda. O’zbekistondan qolishmaslikka harakat qilgan Tojikiston hukumati ham Islom dini, uning qadriyatlari va musulmonlarga qarshi ayni usulda kurashni boshlab yubordi va hatto o’zbek hukumatidan o’zib ketish ilinjida islomiy ismlarni man qilishgacha etib bordi.
Hozircha himoyasiz bo’lib turgan Islom va musulmonlarga qarshi kurashib kelayotgan o’zbek va tojik hukumati “jasorati”dan ilhomlangan Qirg’iziston hukumati ham Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi bot-bot o’z munosabatini bildirib kelmoqda. Bu ish ayniqsa Temir Sariev bosh vazirlikka tayinlangach yana yangi kuch bilan o’z ifodasini topmoqda.
24 iyul kuni Issiqko’l viloyatida bo’lib o’tgan ichki ishlar organlari tezkor xizmat faoliyatining 2015 yil birinchi yarmi yakunlari bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda Temir Sariev “Qirg’izlar hech qachon hijob va salla kiymaganlar”ini ta’kidlab, “Biz, Islom niqobi ostida begona odatlarni tiqishtirishlariga qarshi kurashishimiz kerak. Biz Islomni dinini qabul qildik. Biroq biz paranji, salla va shalvarni majburlab kiydirilishini to’xtatishi zarurligi, Qirg’iziston hijob va salla kiyganlarga ochiq qarshi chiqishi kerak”ligini aytib o’tgan bo’lsa, 27 iyun kuni bo’lib o’tgan diniy siyosat muhokamasiga bag’ishlangan hukumat yig’ilishida Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi rahbarlariga diniy o’quv yurtlari va madrasalarni tekshirish vazifasini topshirgan edi. 16 iyulda bo’lib o’tgan ta’lim masalalari bo’yicha yig’ilishida esa mamlakatda masjidlar soni oshib borayotganidan xavotirga tushganini ma’lum qilgan va bu orqali rasmiy hukumat va kuch organlariga asosiy e’tborni qayoqqa qaratish zarurligini ko’rsatib bergan edi.
Temir Sarievning bu ko’rsatmalarini bajarishda rasmiy hukumat vakillar kimo’zarga poygaga kirishib ketgan ko’rinishadi. Hukumatning Jalolobod viloyatidagi rasmiy vakili Jumagul Egamberdieva yangi o’quv yilidan boshlab masjidlarda maxsus reydlar uyushtirilib, o’qish vaqtida juma namoziga borgan o’quvchilarga chora ko’rilishini ma’lum qildi. “Yoshlar orasida diniy ekstremizm va radikalizm kuchayib borayotgan vaqtda biz maktab o’quvchilarini undan uzoq bo’lishga chaqirishimiz kerak. Bundan tashqari juma namozini bahona qilib, ish vaqtida uzilishlarga yo’l qo’ygan davlat etakchilarini ham tartibga chaqiramiz”, – dedi Egamberdieva.
Holbuki, payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda u zot: “Agar farzand o’ng qo’li bilan chap qo’lini tanisa, namozga buyuring”, deganlar (Abu Dovud rivoyati).
To’g’ri, Rossiya hukumati aniqrog’i, prezident Putin Almazbek Atambaevdan ham, Temir Sarievdan ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilib kelmoqda. Shuning uchun ham ular Rossiyadan farqli ravishda Qirg’iziston aholisining 85 foizidan ko’prog’i musulmonlardan iborat ekanligini hisobga olmagan holda uning buyruqlarini ko’r-ko’rona bajarib kelishmoqda. Shu o’rinda bizning rahbarlar musulmon bo’lganlari holda rozilikni Yaratuvchi xuzuridan emas, balki Uning maxluqi xuzuridan istashmoqda. Buning natijasi esa bu dunyoda xorlik, Qiyomat kunida esa nadomat bo’ladi.
Biz aval ham Qirg’iziston xalqini rasmiy hukumat biror-bir islomiy harakatga qarshi emas, balki Islom va musulmonlarga qarshi kurashni rejalashtirib kelayotgani haqida ogohlantirgan edik. Kun o’tgan sari bu o’z isbotini topmoqda. Agar sizu biz rasmiy hukumat tomonidan sodir etilayotgan nohaqliklarni ko’ra-bila turib sukut saqlaydigan bo’lsak, Alloh tomonidan bo’ladigan azobga duchor bo’lishimiz mumkin, bundan Alloh saqlasin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “(Yo) yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar yoki Alloh sizlarga balosini yuboradi-da, duolar qilsangiz ham mustajob bo’lmaydi!”
Abdurahmon