Isroil: Asadni himoya qilishga majburmiz

463
0

Isroilda ba’zi yuqori darajali mas’ullar Asadning qulashiga to’sqinlik qilishni talab qilib, Benyamin Netanyahu hukumatiga bosim o’tkazishmoqda. Sionizm tarafdori bo’lgan gazetalarning yozishicha, Isroil armiyasi hamda Mossad josuslik tashkilotida bir necha yillar davomida xizmat qilib kelgan general Eliezer TSAFR Asad rejimining qulashi Isroil uchun yomon oqibatlarga sabab bo’lishidan ogohlantirgan.

“Asad rejimining qulashi Suriyaning qora tuynukka aylanishini anglatadi. Asad rejimi qulasa Suriyada va atrofidagi barcha davlatlarda yahudiylarga bo’lgan dushmanlik (Antisemitizm) yuksak darajaga etadi. Bu qochib qutulib bo’lmaydigan oqibatdir”, deydi general Eliezer TSAFR o’zining “Asadni himoya qilishga majburmiz” nomli risolasida.

General Eliezer Asad rejimini qutqarib qolish lozimligi haqida ogohlantirar ekan, “Asad rejimi Isroilning O’rta Sharqdagi kafolatidir. Isroil Asadga bevosita yoki bilvosita qurol aslaha jihatidan yordam berishga majbur”, deya ta’kidladi.

“Suriya rejimi mintaqadagi Isroil dushmanlarini nazorat ostiga olish imkoniyatiga ega bo’lgan yagona irodadir. Agar Asad rejimi qulasa u erdagi qurolli guruhlar Isroilni yo’q qilish uchun qo’llaridan kelganini qilishadi.”, deyiladi “Gaarets” gazetasi sahifalaridan o’rin olgan boshqa bir xabarda.

Eliezer TSAFRning qayd etishicha, Isroil hukumati Asadning Eron va Hizbulloh bilan bo’lgan aloqalaridan ko’z yumishi lozimdir.

Isoillik jurnalist Jeki Xugi “Isroil Asadning orqasida turishi lozim” nomli maqolasida Asad rejimi Isroil vujudining kafolati ekanligini tilga oldi.

“Isroilning yagona kafolati Asad rejimidir. Shu bois Isroil Asad rejimiga yordamchi bo’lishi shart”, deydi Jeki Xugi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.