Ikki davlat ishbilarmonlari biznes-forumida ishtirok etgan AQShning Qozog’istondagi elchisi Jorj Krol, Qozog’iston va AQSh 10 yil muddatga ko’p martalik viza berish imkoniyatlarini ko’rib chiqish arafasida turganini ma’lum qildi.
“Bizning maqsad nafaqat mavjud besh yillik viza tartibini davom ettirish, balki mumkin bo’lsa uni 10 yilgacha uzaytirish. Bizlar buni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz”, – dedi Jorj Krol.
Elchining so’zlariga ko’ra, ayni vaqtda ushbu masala viza berishni nazorat qilishga mas’ul bo’lgan davlat idoralarida ko’rib chiqilmoqda. Jorj Krol yaqin vaqtlar ichida, anig’rog’i, joriy yil oxiriga qadar bu masala ham ijobiy xal qilinishiga umid bildirdi.
“Biz hamkasblarimizni tezlashtirishimiz kerak, chunki bu nafaqat Qozog’iston uchun, balki AQSh uchun ham manfaatli”, – dedi elchi.
Turkiston:
Rossiya va AQSh o’rtasidagi nufuz va mustamlaka uchun bo’lgan kurash asta-sekin Markaziy Osiyo davlatlariga ko’chmoqda. Markaziy Osiyo respublikalarini o’zin jkinzori sifatida ko’rishga ko’nikib qolgan Rossiya bu mintaqada o’z nufuzini saqlab qolishda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kabi siyosiy va harbiy tashkilotlardan foydalanib kelgan bo’lsa, endilikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ni tashkil etish orqali iqtisodiy jihatdan ham qaram qilib olish yo’lidan ketmoqda.
AQSh esa Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo respublikalariga bosim o’tkazishni eng qo’lay yo’li bo’lgan mehnat muhojirlari muammosiga zarba berish orqali bu mintaqa davlatlarini Rossiyaga bo’lgan qaramligidan chiqarib olish harakatini boshlab yubordi. Avvalroq, 2015 yil 20 mart kuni Qirg’iziston va AQSh o’rtasida ikki davlat fuqarolari uchun 5 yillik viza berish to’g’risidagi hujjat imzolangan edi. Imzolangan hujjatga ko’ra, vizalar fuqarolarga turistik sayohat, biznes ishlari, davolanish, ishlash va o’qish maqsadlari uchun berilishi belgilangan va vizalar 28 apreldan kuchga kirishi ortidan 29 aprel kuni AQShning Bishkekdagi muvaqqat elchisi Richard Maylz Qirg’iziston fuqarosi Seynep Diykanbaevaga 5 yillik viza taqdim qilgan edi.