Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi yangi javob sanktsiyalari kiritmoqda

515
0

Ukraina inqirozi vujudga kelishigaasosiy sababchilardan biri bo’lgan Rossiyaga qarshi AQSh va Yevropa davlatlari bir qator jazo choralarini joriy etib kelayotgan bo’lsa, xali ham dunyo siyosatida o’z o’rni va nufuziga ega ekanligini isbotlashga urinib kelayotgan Rossiya ham ularga qarama-qarshi sanktsiyalar bilan javob qaytarib kelmoqda.

“kun.uz” saytining xabar qilishicha, 89 nafar Yevropa siyosatchisiga Rossiya hududiga kirish taqiqlab qo’yildi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutten bergan ma’lumotlarga iqtibos keltirgan holda ushbu “nomaqbul” shaxslar ro’yxatini chop etgan. “Qora ro’yxat”ga Yevropa Ittifoqi davlatlarining sobiq bosh vazirlari, tashqi ishlar vazirlari, evrodeputatlar va razvedka xodimlari kiritilgan. Ruttenning aytishicha, Rossiya ushbu ro’yxatni Yevropa Ittifoqi davlatlari elchixonalariga yuborgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chop etilgan ro’yxatning haqiqiyligini tasdiqlamagan.

O’tgan haftada Moskvaga Germaniya parlamenti deputati Karl-Georg Velman kiritilmagan. Deputat Moskvaga kelgachgina, unga 2019 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlanganidan xabar topgan. Shuningdek, Germaniya nomidan Yevroparlamentda a’zolik qiluvchi Rebekka Xarms va Konrad Adenauer jamg’armasi xodimi Tomas Shnayder ham Rossiyaga kiritilmagan. Ular ham bundan Moskvaga kelgach xabar topishgan.

O’z navbatida Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning ma’lum qilishicha, “Katta ettilik” (G7) Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni muhokama qilishi mumkin.

Turkiston:

Rossiya, Yevro Osiyo ittifoqiga a’zo davlatlarining tashqi yurtlar bilan umumiy atrof chegarasi ichini, o’zi uchun siyosiy, harbiy so’ng iqtisodiy manapoliya qilingan hudud qilib olmoqchi. Rossiya avval o’z yurti ichidagi G’arbparast nodavlat tashkilotlarni cheklovchi qonun qabul qilib, keyin ittifoqqa a’zo boshqa davlatlarga ham shu ishni taklif qila boshladi. Yaqinda Qirg’iz parlamenti ko’rib chiqishi kutilayotgan qonun loihasi, xuddi Rossiyaning NDTlarga qilgan muomilasini ko’chirmasiga o’xshaydi.

Rossiya bir necha yil G’arb tomonidan omonda turishi bilan, oyoqqa turib olishi mumkin. Hozirda Rossiya hukumati olib borayotgan siyosat, ishlab chiqarishni o’niktirish va jahon iqtisodiyoti bilan raqobatlasha olish maqsadi sari yo’naltirilgan. Lekin Kapitalizm sistemasining tabiati uni har bir sohada rivojlanib olishini kutib o’tirmaydi, oyoqqa turib olguniga qadar yutib yuboraveradi. Buni iqtisodchilar yaxshi bilishadi.

Shularni bilgan Rus iqtisodchilari, Rossiyani rivojlangan G’arb olamidan ba’zi sohalardan to’sib va ularni xalqaro siyosiy aralalashavlaridan tiyib turishlari kerak. Shu fursat ichida Rossiya Yevro Osiyo ittifoqi davlatlari ichida o’z mavqe’ini tiklab, xuddi Sovetlar ittifoqi davridagi iqtisodiy zanjirlar sistemasi singari, u davlatlarda o’ziga nisbatan siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatlaridan tobe’lik paydo qilib olmoqchi.

Bulardan tashqari, Rossiyaning ichki siyosati ham Putinni xotirjam qila oladigan darajada stobil holatda emas. Lekin Putinning G’arb mashinasiga qarshi, o’z yurtini izolyatsiya qilib olish siyosati, Karimovning shu kungacha olib kelayotgan avtoritar rejimi siyosatini eslatadi. Putinning rejimi, beixtiyor kuchli diktatura rejimi bo’lib boraveradi. Rossiya esa, endi bu rejimdan xohlasa ham qutula olmaydigan sharoitga tushib boraveradi.

Negaki Putinning rejimi, u olib borayotgan siyosatni tag tomiri bilan yulib tashlab, boshqa yo’nalishdagi manfaatliroq alternatif sistema olib kelinishiga, tish tirnog’i bilan qarshi turadi. Shuning uchun bu rejim, o’zining himoyasi uchun xatto tashqi davlatlar bilan yoki ichki grajdanlar urushi uyushtirib yuborishgacha borishi ham mumkin.

Qirg’iziston ham Rossiyaning bosimi bilan, u qabul qilib kelayotgan bir qator qonunlarni ko’chirib, qabul qila boshladi. Bu G’arb davlatlari manfaatlariga qarshi yo’nalish asosidagi qonunlar bo’lib, asosan Qirg’iz davlatini AQSh bilan o’rtasidagi muomilalariga putur etkazishi mumkin bo’lgan dasturlar loihalaridir.

Qirg’iziston Rossiya emas. U o’z vazni va manfaatiga muvofiq ish olib bormasa, yaqinda parokanda bo’lib ketishi mumkin. Qirg’iz davlati etakchilari, o’z manfaat va shaxsiy hadiksirashlaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga qarshi bir qator o’ta xavotirli qadam tashlab yuborish arafasida turipti.

Yevro Osiyo ittifoqi, Qirg’izistonning tashkiloti emas. Qirg’iziston uchun o’nikib ketish manba’si ham emas. Bu Rossiyaning loihasi bo’lib, u faqat o’z manfaatini himoya qilish uchun, shu tashkilotni rivojlantirmoqchi. Qirg’iziston esa, bu tashkilot uchun strotegik ahamiyat kasb etgani uchungina qo’shib olindi. Qirg’iz xukumati, bu tashkilotga o’z ixtiyori bilan emas. Balki Rossiyaning qattiq bosimi ostida majbur kiritilganini unutmaslik kerak.

Demak Qirg’iz elitasi, bu tashkilotning himoyasi uchun jonbozlik ko’rsatib, Qirg’iziston davlatini boshqa davlatlar bilan o’rtasida keskinliklar paydo qilishi mumkin bo’lgan yoki xatto shu yo’nalishda fikrlay boshlashi, mantiqsiz o’y va harakatlar hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.