Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi AQSh markaziy razvedka boshqarmasining (MRBning) rahbari Jon Brennan bilan uchrashuv o’tkazdi. Misr prezidentligi tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi aloqalar, mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar hamda terrorga (Islomga) qarshi kurash mavzusi ustida muhokama olib borilgan.
Uchrashuvda Misr razvedka xizmatining rahbari Xolid Favzi, AQSh markaziy razvedka boshqarmasining rahbari Jon Brennanning xos maslahatchisi Teodora Singer va Aqshning Qohiradagi elchisi Robert Stefan ishtirok etishdi.
Bayonotda aytilishicha, prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan MRB rahbari Jon Brennan o’rtasida o’tgan muloqotda Misr va AQSh o’rtasidagi strotegik aloqalar, terrorizmga (Islomga) qarshi kurash va ikki davlat fuqarolarining manfaatlariga xizmat qiladigan barcha sohalarda o’zaro munosabatlar o’ta ahamiyatli ekanligiga urg’u berilgan. Shuningdek, ikki taraf uchun ham ahamiyatga molik barcha mavzularda hamkorlik qilish va fikr almashishning davom ettirish borasida kelishib olingan.
Misr prezidentligi tarafidan chiqarilgan bayonotda prezident as-Sisining 29-30 aprel kunlarida Qibris va Ispaniyaga rasmiy safar uyushtirishiga alohida urg’u berib o’tildi.