Guantanamo mahbuslari bilan soqchilari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi

381
0

Guantanamoda saqlanayotgan mahbuslar bilan qo’riqchilar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqqan. Bunga mahbuslarining shaxsiy buyumlari tortib olinganiga va Qur’on tahqirlanganiga qarshi ochlik e’lon qilganlari va AQSh mas’ullarining mahbuslarning ikki oylik ochlik e’tiroziga e’tibor qilmaganliklari sabab bo’lgan.

Pentagonga ko’ra, Guantanamoda saqlanayotgan 43 mahbus ochlik e’lon qilgan. Biroq tutqunlarning advokatlari ovqat eyishdan bosh tortganlarning soni bundan ko’pligini ta’kidlashmoqda. Guantanamoda ochlik amaliyotlari tez-tez yuz berib turadi, biroq bu galgisi eng uzoq davom etgan va unda ko’p mahbus ishtirok etgan.

Amerikalik harbiy manbalarga ko’ra, o’nlab mahbuslar majburan ovqatlantirilmoqda.

Harbiylarning da’vo qilishicha, ular inson hayotiga xavf solmaydigan qurollarni ishga solishga majbur bo’lganlar. Biroq Guantanamo qamoqxonasining ayrim mahbuslarining advokatlari bu qamoqxonadagi og’ir sharoitlarga qarshi mahbuslar e’tirozi shiddatli ravishda bostirilganligini e’lon qildilar.

Guantanamo ko’rfazi AQSh sud sistemasi havzasidan tashqarida joylashganligi sababli AQSh Sud me’yorlaridan hech biri Guantanamo mahbuslariga nisbatan qo’llanmaydi. Shu sababli AQSh mas’ullari huquqiy oqibatlardan qo’rqmagan holda bu zindonda o’nlab kishini hech bir ayblovsiz saqlamoqdalar. Bu kishilar biror bir jinoyatda ayblanmagan bo’lsa ham umrlarining 10 yilga yaqin qismini bu qamoqxonada o’tkazdilar.

Terrorchilikda gumon qilinayotganlar uchun mo’ljallangan va mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo’llangani bilan bog’liq munozarali tarixga ega bu hibsxonani yopish to’g’risida prezident Barak Obama to’rt yil avval buyruq bergan.

Guantanamo og’ir sharoitlari va qiynoqlari bilan mashhur. Jurnalistlardan birining ta’kidlab aytishicha: «Guantanamodagi harbiylar mahbuslarni tinimsiz kaltaklashadi, ularni echintirib, ustilaridan muzdek suv quyishadi va to tana harorati pastlab ketguncha ularni tik turishga majbur qilishadi».

Guantanamo orolida hibsda bo’lgan britaniyalik musulmonlardan birining hikoya qilishicha, u erdagi mahbuslar eng xunuk qiynoq va xo’rlash turlariga, tahqirlovchi vahshiyona ishlarga duchor qilinadi. U Britaniyaning «Deyli Mirror» ro’znomasiga bergan intervpyusida uzoq vaqt kishanlangan holda qolgani va ichida qanday dori borligi nomaolum bo’lgan ukol olishni rad etganligi sababli harbiy politsiya xizmatchilari tomonidan kaltaklanganligini aytdi.

«Amerikaliklar qamoqxonaga fohishalar kirgizib, ularni o’zlari xohlagan mahbuslar oldida echintirib, mo’min-musulmon mahbuslarni tinimsiz xo’rladilar, bunday ish dindorligi bilan taniqli yoshlar oldida o’nlab marotaba qilindi», dedi u.

AQSh harbiylarining Afg’onistondagi terror bazalarini yo’q qilishga qaratilgan amali?tlari davomida qo’lga olinib? umrining 9 yilini Guantanamo qamog’ida o’tkazgan, shu 9 yildan 5 yilini yolg’iz kamerada o’tkazgan o’zbekistonlik Kamoliddin Qosimbekov Ozodlik bilan suhbatda o’zini o’zbekistonga olib ketish uchun kelgandarga rad javobini berganligini aytgan edi. O’shanda jurnalist “nahotki, Guantanamoda bo’lib turib ham O’zbekistonga borishni xohlamadingizmi?”, degan savoliga “yo’q, (xohlamadim). Axir O’zbekiston undan battarku”, deb javob bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.