“Yashil yo’lak”

596
0

Rossiya bojxona xizmatining rahbari Andrey Belyaninov Rossiyaning do’sti hisoblangan Misr va Iordaniya davlatlaridan oziq-ovqat mahsulotlari osonlik bilan Rossiya bozorlariga kirib kelishi uchun “Yashil yo’lak”ni tashkil qilganligini e’lon qildi.

Rossiya hukumati 2014 yilning avgust oyidan boshlab Qo’shma Shtatlardan hamda Rossiyaga qarshi sanktsiyaga qo’shilgan boshqa davlatlardan ba’zi turdagi oziq ovqat mahsulotlarini, xususan mevalar va sabzavotlarni mamlakatga olib kirilishini ta’qiqlab qo’ygan edi.

Rossiya bojxona xizmatining rahbari rus parlamenti a’zolariga hisobot berar ekan, Rossiya bojxona boshqarmasi ta’qiqlangan mahsulotlarni noqonuniy yo’llar orqali mamlakatga olib kirishga bo’lgan urinishlarning oldini olishini ta’kidladi.

Andrey Belyaninov ayni paytda bojxona xizmati Rossiyaga do’st bo’lgan davlatlarning mahsulotlarini rus bozorlarga kirib kelishini osonlashtirish uchun faoliyat olib borayotganini bildirdi. Unga ko’ra, Misr va Iordaniya davlatlaridan keladigan oziq-ovqat mahsulotlari osonlik bilan Rossiya bozorlariga kirib kelishi uchun “Yashil yo’lak” tashkil qilingan. Andrey Belyaninov. “Yashil yo’lak”ni barpo qilishdan maqsad ho’l mevalar va sabsavotlar kabi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining imkon qadar tezroq Rossiya bozorlariga kirib kelish ekanligini ta’kidladi.

“Misr, Iordaniya va Turkiyaga bordik. Ho’l mevalar va sabsavotlar kabi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun “Yashil yo’lak” barpo qilish borasida takliflarimizni o’rtaga qo’ydik”, dedi bojxona xizmatining rahbari.

Shuningdek, Rossiya bojxona xizmatining rahbari ayni masala bo’yicha Ozarbayjon va O’rta Osiyo davlatlaridagi xamkasblari bilan ham aloqalar o’rnatayotaganini bildirdi.

Boshqa bir tarafdan Misr tadbirkorlari uyushmasi ekspotr kengashining rahbari Mustafo Najjoriy Rossiyaning “Yashil yo’lak”ni barpo qilish e’loni albatta Misrni ham o’z ichiga olishiga urg’u berdi. Najjoriyga ko’ra, Misr Rossiyaga apelsin, kartoshka, piyoz, qulupnay va Uzum kabi mevalardan bir yilda bir million tonna mahsulot etkazib beradi. Bu mahsulotlar “Yashil yo’lak” orqali 6 kun bilan 15 kun oralig’ida Rossiya bozorlariga etkazilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.