Djoxar TSarnaev xushiga keldi va ko’rsatmalar bermoqda.

475
0

AQShning Boston shaxridagi portlashlarni uyushtirganlikda ayblanayotgan Djoxar TSarnaev xushiga keldi va ko’rsatmalar bermoqda. Amerikaning ommaviy axborot tarmoqlari seshanba kuni ish bo’yicha ilk so’roqlar protokolini ommalashtirdi.
CNN teleradio kompaniyasining saytida joylashtirilgan so’roqlar protokoliga ko’ra, bo’nidan yarador bo’lgani va gapira olmayotgani sababli TSarnaev savollarga bosh ilg’ash bilan javob bergan. Ba’zi ma’lumotlarda aytilayotganday yozma ravishda javob berganligi protokolda ko’rsatilmagan.
Djoxar TSarnaevga ommaviy qirg’in qurolini qo’llaganlik aybi qo’yilmoqda va agar bu narsa tasdiqlansa, unga o’lim jazosi belgilanadi. Jinoiy ish bo’yicha birinchi sud tinglovi 30 mayga belgilangan. Xozir TSarnaev Boston shifoxonalaridan birida davolanmoqda.
Mazkur portlashlarni amalga oshiriganlikda ayblanayotgan aka-uka TSarnaevlar chechan millatidan ekanligi, Vladimir Putinga Chechanston musulmonlariga qarshi urushini oqlash hamda Shimoliy Kavkazda qilayotgan xunrezliklariga nisbatan Vashingtonni o’z munosabatini o’zgartirishga chaqirishlikka o’ta qulay imkoniyat yaratib beradi.
Putin doim Chechanstonning terrorchilik xavfi haqida gapirib kelgan. U Chechanston mujohidlarini mustaqillik uchun kurashayotgan fidoilar sifatida ko’rishni xohlamagan va ularni terror peshvolari deb atagan. Biroq, shu vaqtning o’zida, 2008 yili Gruziyaning Janubiy Osetiyaga nisbatan qilgan aynan shunday munosabatini, Moskva bosqinchilik deb atagan va Rossiya Gruziyaga ochiq urush boshlagan.
Shimoliy Kavkaz chor Rossiyasi uchun eng muammoli hudud bo’lgan va xozirgi rus rahbariyatiga ham “bosh og’riq” bo’lib qolmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.