Mo”tadil muxolifat vakillarining tarjimai holi tekshirilmoqda

492
0

AQSh hukumati harbiy mashg’ulotdan o’tkazish rejasi uchun Suriyalik mo”tadil muxolifati safidan tanlab olingan 2200 nafar nomzodlarning tarjimai holini o’rganib chiqishni boshladi. Ammo harbiy mashg’ulot o’tkazishni boshlash kuni hanuz belgilanmaganligi ma’lum qilindi.

Pentagon so’zchilaridan biri Elissa Smit jurnalistlarning savollariga javoban, boshqa davlatlar bilan olib borilgan faoliyatlar ortidan harbiy mashg’ulot rejasiga ishtirok etish imkoniyatiga ega 2200 kishi tanlab olinganligini ochiqladi.

Elissa Smitning bildirishicha, bu imkoniyatga ega kishilardan 400 nafarining tarjimai holi haqidagi ma’lumotlar birinchi o’rinda tekshiruvdan o’tkazila boshlangan.

“Buni (birinchi 400 kishining tarjimai holini tershirib chiqishni) tamomlaganimizdan so’ng keyingi qadam sifatida qolganlarning to’liq tarjimai holini tekshirib chiqish jarayoniga o’tamiz”, dedi Smit.

Suriyalik mu’tadil muxolifat vakillarini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish va harbiy jihozlar bilan ta’minlash borasida Turkiya va AQSh o’rtasida bitim imzolangan. Shu bilan bir qatorda Qatar va Saudiya Arabistoni ham harbiy mashg’ulot o’tkazish rejasiga mezbonlik qilishni qabul qilgan.

Biroq Suriya xalqi mu’tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolifat vakillarini tan olmasliklarini ochiq e’lon qilishmoqda. Internetning Yutub portalida chiqqan video tasvirlarda Suriya xalqining vakillari ochiq bayonot berishib, mu’tadil muxolifat vakillari Suriya xalqini aslo nomayon qilmasligini bildirishmoqda.

Shu kunlarda mujohidlar bir qancha joylarni qo’lga kiritib toboro ilgarilab borar ekan, Suriya xalqi ko’chalarga chiqib, demokratik boshqaruvni emas, Xalifalik davlatini istashlarini ochiq e’lon qilishmoqda.

Halab markazida joylashgan bir qancha jomelarda minglagan musulmonlar Hizbut Tahrir boshchiligida “Biz Roshid Xalifalikni istaymiz” nomli namoyish o’tkazishdi. Ular demokratiya va ilmoniylikni la’natlashib, “bu zulmatdan qutilishning yagona yo’li Roshid Xalifalik davlatini tiklashdir”, deya hayqirishdi.

Turkiston:

G’arb kufr davlatlari, o’z qo’llaridagi mavjud demokratiyaga asoslangan xalqaro kufr sistemasi vositasida, soxta “Xalifalik davlati” nomi bilan harbiy tashkilot paydo qilishdi. Ular bu tashkilotni Xalifalik davlati deb e’lon qilib, uni oyoqqa turib olishi uchun, minglagan harbiy texnika va millionlagan dollorlarni ularga harbiy o’lja sifatida taqdim etishdi. Ularning har bir zafar va navbatdagi fathlarini dunyo matbuoti orqali reklama qilishdi.

Lekin dunyo Musulmonlari ularni shar’iy Xalifalik davlati sifatida qabul qilmadi. Jumladan Suriya va Iroq xalqi ham, bu tashkilotning barcha da’volarini chetga qoqib, ularga qarshi bor imkoniyatlari bilan qarshilik ko’rsata boshlashdi.

Shundan, kufr olami bu tashkilotni, o’z matbuot mashinasi vositasida, dunyoda tengi yo’q vahshiyliklar qilib kelayotgan juda katta quvvat qilib ko’rsatishga urina boshladi. Kufr olami, Islom dinini, inqirozga uchrab o’zi uchun yangi sistema (Mabda) izlab kelayotgan dunyo hamjamiyati vakillari oldida, Islomni Mabda sifatida qabul qilib kelayotgan Musulmonlar va Islomni hatto o’zlari uchun yagona najot sifatida qabul qila boshlagan G’ayriddinlar oldida Islom Mabda’sini vahshiy, insoniyatni boshqarishga yaramaydigan faqat harbiy quvvatga tayanuvchi mexanizm, islomiy mafkurani tiniq tushuna olmagan va uni hayotga tatbiq etish tariqati mavjud bo’lmagan bir nosog’lom soxta davlat sifatida namoyon qilmoqchi bo’layapti. Maqsadi, Hizb ut Tahrir butun insoniyat uchun ko’tarib kelayotgan olamiy risolatni, ya’ni o’zining tabiiy yo’li va to’g’ri tariqat vositasida, o’z o’rnini egallash uchun kelayotgan haqiqiy Mabda’iy Xalifalik davlati haqidagi odamlardagi tushunchalarni chalg’itib yuborish.

2015 yil 3 mart kuni Turkiyaning Uskyudar shahrida, “ prizidentlikmi yoki Xalifalikmi” nomi ostida bo’lib o’tgan islomiy konferentsiyada. Hizb ut Tahrirning amiri shayx Ato ibn Xalil Abu Rashta birodarimizning so’zlagan nutqlarida, kufrning ba’zi islomiy tashkilotlar vositasida yoki uning nomi ostida olib borayotgan odamlarni noshar’iy o’ldirish, tiriklayin yoqib yuborish kabi bir qancha vahshiyliklar va vahimalari ortidagi uning manfaatlari haqida to’la rasmiy bayonot berib o’tdilar. Shuningdek bu islomiy vahimalar ortidan kufr, haqiqiy shariatga muvofiq Xalifalikdan odamlarni qo’rqitmoqchi ekanligini aytib o’tdilar. Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik albatta yana qaytishiga ishora qiluvchi bir qancha nususlardagi qat’iy dalillarni o’qib o’tdilar.

Yuqorida Suriya xalqi, kufrning nayranglari natija bermayotganini, ular haqiqiy Xalifalik davlati haqidagi to’g’ri tasavvurlarini yo’qotishmaganlarini izhor etishdi. Endi kufr Suriyaga o’zining ochiq xoin muxolif kuchlarini majbur olib kirmoqchi. Bu muxolifotni asosiy tarbiyachilaridan bo’lgan Turkiya bilan, Asad va uning rejimining asosiy homiylaridan bo’lmish Eronni, birgalikda ishlatmoqchi. Demak AQSh Suriyada o’ziga qarashlik barcha quvvatlarni birlashtirib, yagona yangi rejim paydo qilmoqchi. “islom davlati” tashkilotini esa, siquvga olib, uning dunyoning har tomonidan kelgan vakillarini o’z yurtlariga chiqib ketishga majbur qilmoqchi bo’ladi.

Buning bilan AQSh butun dunyoni ID vakillari nomidan vahimaga sola olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi hech qanday tayini bo’lmagan “Al qoida” tashkiloti nomi bilan, bir necha o’n yillar mobaynida dunyoni terrorlab qo’rqitib kelgani singari. AQSh uchun manfaati yo’qolishi bilan, “Al qoida” ham, uning faoliyati ham yo’q bo’lib ketdi.

Demak yana o’sha eski nayrang asosida yangi o’yin boshlandi. ID nomidan, dunyo bo’ylab o’z manfaatiga muvofiq AQShning terroristik amaliyotlari davom etaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.