Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani AQSh davlat kotibi Jon Kerri va AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bilan uchrashib yangi harbiy ko’mak va’dasini qo’lga kiritdi. Xabarlarga ko’ra, va’daga binoan AQSh Afg’onistondagi 352 ming afg’on askarini 2017 yilgacha mablag’ bilan ta’minlaydi.
Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani va ijroiya rahbari Abdulla Abdulla AQSh davlat kotibi Jon Kerri va mudofaa vaziri Eshton Karter bilan Kemp-Devid qarorgohida uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvdan so’ng jurnalistlar uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida Eshton Karter 2017 yilga qadar 352 ming nafar afg’on armiyasi AQSh hukumati tarafidan mablag’ bilan ta’minlanishini va bu ishga o’zlarining bo’ynidagi majburiyat sifatida qaralishini ma’lum qildi.
Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani eshitganlaridan g’oyat mamnun ekanligini tilga olib, bu juda katta qo’llab-quvvatlash ma’nosini ifodalashini qayd etdi.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham Afg’onistonni xavfsizlik va tinchlik bilan ta’minlash va shu bilan bir qatorda Afg’on jamiyatining farovonligini ko’tarish ikki davlat aloqalarining markazidan o’rin olganiga ishora qildi.
Shu yil ichida Qobulga safar qilishini bildirgan Kerri ikki davlat aloqalarini yana ham rivojlantirishga qaratilgan harakatlarga urg’u berdi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Kerri Afg’oniston hukumati islohotlar kun tartibiga kiritishi uchun yangi bir rivojlanish tasabbusini ishlab chiqishlarini qayd etdi.
“Bu tashabbus AQSh-Afg’oniston aloqalarining strotegik muhimligini aks ettiradi. Davlatlarimiz o’rtasidagi yangi bir hamkorlik davrini tasvirlab beradi”, dedi Kerri.
Kerri 800 million dollarlik yordam tarkibidan o’rin olgan yangi tashabbus Afg’oniston hukumatining rivojlanish loyihasi uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishda muhim rol o’ynashini qayd etdi.
Afg’onistondagi AQSh kuchlariga nisbatan berilgan savolga javob bergan Kerri AQShning Afg’onistondagi harbiy missiyasi 2014 yilda tamomiga etganligini va harbiylar soni 10 minga kamaytirilganligini aytib o’tdi. Biroq Kerriga ko’ra, afg’on armiyasini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish vazifasi hali davom etadi.
Turkiston:
AQShning bu missiyasi, Afg’onistonni mintaqada yangi urushlarga tayorlash maqsadida ilgari surilgan. Afg’on xalqi, o’z qotillari qo’lida ko’ppakdek xizmat qilishga rozi bo’lishi uchun, faqat qashshoqlik sun’iy ushlab turilishi lozim bo’ladi. Demak Afg’on xalqining boshida turgan imtihon hali ko’tarilmagan. Aksincha uni yangi imtihonlar kutayapti.
AQSh Islom va Musulmonlarga qarshi kurashda, pul bilan Musulmonlarni sotib olib, o’zi ularning ortiga o’tib olib, Afg’onistonda o’z armiyalari bilan erisholmagan yutuqlarga endi Musulmon armiyalari vositasida erishmoqchi bo’ladi.
Nafaqat Afg’onistonda, balki butun uning atrof mintaqasidagi davlatlarga qarata olib borilayotgan siyosiy bosimlarda xam. Bular Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Pokiston, Xitoy va yana boshqa yurtlarga bosim bera olish imkoniyatiga ega bo’ladi. AQSh Afg’onistonni bosib oldi, lekin qo’lga kirita olmadi, demak uni u boshqa yo’llar bilan bo’ynsundirish kerak. Demak u o’z strotegiyasini yana o’zgartira boshladi. Uni o’z xalqi vositasida, xuddi ilgari SSSR armiyasini Afg’onistondan maxalliy xalq vositasida quvib chiqqani singari, endi butun Afg’onistonni o’z xalqi ichidagi bir necha, bir biriga zid ko’zqarashdagi Musulmon jangari qabila va jamoalardan tozalamoqchi bo’ladi. Agar bu xukumat nazorati ostidagi xarbiy quvvat, mintaqada salmoqli xududni o’z nazoratiga olsa, AQSh o’z manfaatiga munosib, O’rta Osiyo yurtlariga bosim qila oladigan yagona kuchga aylanadi. Rossiya kabi davlatlar, Afg’onistondagi ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha quvvatlardan mahrum bo’ladi.
Lekin AQShning loihalari Afg’onistonda xamisha oxirida barbod bo’lib keladi. Tolibon bilan uchrashuv izlab, har qancha pul va’da qilib hatto pullar sarflab ham olib borgan harakatlarining birortasi ham amalga oshmagani, Tolibonni SSSR askarlarini quvib chiqarganidan keyin, ularni o’z nazoratida ushlab qola olmagani, bu yurtni u endi ham o’z nazoratiga ola olmasligidan darak beradi.
Yuqoridagi bitim loihasining o’zi, atrof mintaqadagi davlatlarni ziyrak tortishga undaydi. Ular bu loihani mabodo amalga oshib ketish xavfidan qo’rqishib, AQShga bo’lgan muomilalarini o’zgartira boshlashi mumkin. Chunki bu loiha, nazariy bo’lsa ham bir necha o’n yillarni o’z ichiga oladi. Demak AQShning bu harbiylarni ushlab turishga sarflayotgan pullari, biror bir maqsadga erishidan ilgari natija bera boshlashi mumkin ekan.