Qurol aslaha sotib olishda Saudiya Arabistoni birinchi o’rinda

868
0

 Saudiya Arabistoni 2014 yilda qurol aslaha sotib olishda dunyoda birinchi o’rinni egalladi. AQShning xalqaro maslahat shirkati (IHS)ning xalqaro mudofaa tijorati bo’yicha chiqargan hisobotiga ko’ra, Saudiya arabistoni 2014 yilda qurol aslaha sotib olish uchun 6,5 milliard dollar sarflab Hindistonni ortda qoldirgan. Hindiston oxirgi paytlarda dunyoda qurol aslaha sotib olish bo’yicha eng ko’p mablag’ sarflab kelgan davlat hisoblanardi. Bir milliardga yaqin fuqarosi bo’lgan Hindistonning qurol aslaha sohasiga ko’p mablag’ sarflashi tabiiy sanalishi mumkin. Ammo bor-yo’g’i 29 million fuqaroga ega Saudiya Arabistonining qurol-aslaha sotib olishda dunyo etakchiligini egallashi kutilmagan yangilik hisoblanadi.

Hisobotda qayd etilishicha, qurol aslaha sotib olish uchun eng ko’p mablag’ sarflagan o’nta davlatning beshtasi O’rta Sharqda joylashgan. O’rta Sharq mintaqasi qurol aslaha tijoratchilari uchun katta bozorga aylanib borar ekan, kelgusi 10 yil ichida bu bozorning yana ham kengayishi taxmin etilmoqda.

 Xalqaro maslahat shirkatining naqliyot belgilariga tayanib bergan ma’lumotiga ko’ra, 2015 yilda Saudiyaning qurol aslaha uchun ajratgan mablag’i 52%ga ortib, 9,8 milliard dollarga etishi kutilmoqda. AQSh o’rta sharqqa 2013 yilda eksport qilgan 6 milliard dollarlik qurol aslahani 2014 yilda 8,4 milliard dollarga etkazdi.. Xalqaro maslahat shirkatidan olingan ma’lumotga ko’ra, AQSh o’tgan yilga qaraganda qurol aslaha eksportini 19 %ga orttirib qurol savdosida birinchi, Rossiya 9%ga orttirib ikkinchi o’rinni egallab turipti.

 Islomiy o’lkalardan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirligi, Indoneziya, Turkiya, Pokiston davlatlari 2014 yilda eng ko’p qurol aslaha sotib olgan 10ta davlat safidan o’rin oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.