Suriya muxolifatini dastaklashga kelishib olindi

475
0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan Saudiya poytaxti Riyoddagi qirol saroyida uchrashuv o’tkazdi. Turkiya prezidentligiga qarashli manbadan olingan ma’lumotga ko’ra, uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik kabi masalalarda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish rejalari ko’rib chiqilgan.

Saudiya qiroli Salmon mehmonlar sharafiga bergan ziyofatidan so’ng tashkil qilingan xay’atlar uchrashuvida ikki davlat o’rtasidagi aloqalar muhokama qilindi. Shuningdek, Suriya, Iroq, Yaman, Falastin va Misrni o’z ichiga olgan mintaqaviy mavzular ustida ham bahs munozaralar bo’lib o’tdi.

Har ikki taraf ham mazhabiy yondoshuv mintaqaga salbiy ta’sir ko’rsatayotganiga e’tibor qaratar ekan, Suriya muxolifatiga beriladigan dastak kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlashdi. Ularga ko’ra, Suriya muxolifatiga beriladigan dastak natijani qo’lga kiritishga imkon beradigan darajada kuchaytirilishi lozim.

30 daqiqa davom etgan hay’atlar uchrashuvidan so’ng Qirol Salmon bilan prezident Erdogan 35 daqiqa yolg’iz uchrashuv o’tkazdi.

Saudiyaning Makka gazetasi ikki rahbar uchrashuvi ortidan Turkiyaning Misr bilan aloqalarida ham o’zgarish yuz berishi mumkinligini olg’a surdi. Gazetaning yozishicha, Saudiya hukumati tarafidan Misr, Turkiya va Saudiya ishtirokida diplomatik aloqalarni rivojlantirishni ko’zda tutgan uchrashuv tashkil qilinishi mumkin. Biroq Turkiya prezidenti Erdogan Saudiyaga otlanar ekan, jurnalistlarning Misr prezidenti bilan uchrashishi haqida bergan savoliga “Hazil qilyapsiz, harholda”, deb javob bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.