As-Sisi birlashgan harbiy quvvat tuzish taklifi bilan chiqdi

480
0

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi mintaqada qurolli guruhlarning tahlikasi kuchayib borayotganiga e’tiborni jalb qilar ekan, ularga qarshi birlashgan harbiy quvvatga ehtiyoj tug’ilganligini va bu ehtiyoj kun sayin ortib borayotganligini ta’kidladi.

Davlat televideniyasi orqali murojaat qilgan as-Sisi boshqa davlatlarga hujum qilish yoki bostirib kirish kabi qadamlar Misr qurolli kuchlariga manfaat keltirmasligini urg’uladi. Shuningdek prezident Sisi lozim bo’lgan taqdirda boshqa arab davlatlari bilan muvofiq shaklda Misrni va barcha mintaqani himoya qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Misr prezidenti birlashgan arab harbiy quvvatiga bo’lgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotganini va bu juda ham zaruriy holatga aylanganligini olg’a surdi.

“Associated Press” axborot agentligi o’tgan noyabr oyida Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvayt davlatlari harbiy hamkorlik qilish maqsadida uchrashuv o’tkazganligi haqida xabar tarqatgan edi.

As-Sisining qayd etishicha, bir hafta avval IShID tarafidan 21 nafar misrlikning boshlaridan judo qilinib o’ldirilishi ortidan Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari Misr hukumatiga dastaklar taklif qilgan. 21 nafar misrlik qatl etilgandan so’ng Misr harbiy samalyotlari Darna shahrida IShIDga oid deb qaralgan mavzelarni havodan hujumga tutdi. Ammo havo hujumlaridan faqat tinch fuqarolar, jumladan yosh bolalar ham halok bo’lganligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.