ShAHID MUBORAK!

857
0

 

Islomiy hayotni qayta barpo etish yo’lida malomatchini malomati, zolimni zulmidan hayiqmay faoliyat qilgan va olib borgan faoliyati uchun zolim Islom Karimov rejimi tomonidan uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan yana ikki birodarimiz bu dunyodan ko’z yumib, shahidlik martabasiga erishdi. InshaAlloh.

Bu birodarimizdan biri qo’shni Qirg’iziston respublikasi Osh shahridan Omonov Hamidulloh Inatzinovich bo’lib Hizb ut-Tahrir safida olib borgan faoliyati uchun O’zbekiston va Qirg’iziston kuch tuzilmalarining hamkorligida xoinlarcha o’g’irlab ketilib, O’zbekistonda ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Bu birodarimiz ozodlikda ham, zolim qamoqxonasida ham o’zining taqvosi va shijoati bilan boshqalarga o’rnak bo’lar edi. Zolim rejim birodarimizni o’z e’tiqod va g’oyasidan qaytarish uchun qilgan shuncha zulm va qiynoqlariga, islomiy ibodatlar bo’lgan namoz, ro’za, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishni ma’n qilishiga qaramay, o’zining taqvo va saboti bilan bu amallarni bekamu ko’st bajarar va bu ishlari orqali boshqa maxbuslarga ham dalda berar edi. Birodarimizni bu shijoat va sabotiga chiday olmagan zolim rejim yugurdaklari uning jazo muddatiga yangidan-yangi muddatlar qo’shib berishdi.

Birodarimiz dastlabki qamoq muddatini xalq orasida “borsa kelmas” nomi bilan atalgan “Jasliq” qamoqxonasida o’tadi. 2007 yilda uning jazo muddatiga sohta ayblovlar bilan 1 yilu 6 oy muddat qo’shib, Zarafshon shahrida joylashgan qamoqxonaga jo’natishdi, oradan 8 oy o’tib unga ikkinchi marotaba 2 yil qo’shib Buxorodagi qamoqxona jo’natildi, uchinchisida yana yangi muddat qo’shib, Toshkent viloyati Chirchiq tumanida joylashgan qamoqxonaga, to’rtinchisida esa mana bu xabarnoma orqali oila a’zolariga – Xabarnoma: Jinoyat ishlari bo’yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan O’zbekiston Respublikasi JK 221-moddasi 2-qismining “b” bandi (qamoqxona ma’muriyatini qonuniy talablariga bo’ysunmaslik)da ayblangan Omonov Hamidulloh Inatzinovichga nisbatan 2012 yil 13 aprel kuni qamoq ehtiyot chorasi qo’llanilganligini ma’lum qiladi. Jinoyat ishlar bo’yicha Chirchiq shahar sudi raisi M.M Usmonov – ma’lum qilinib, Qarshining 64/33 sonli qamoqxonasiga jo’natib yuboriladi.

2013 yilning 10-aprel kuni birodarimizni oila a’zolariga Qashqadaryo viloyati Koson shahrida joylashgan 64/51 sonli qamoqxona boshlig’i podpolkovnik Z. Ravshanov nomidan telegramma kelib, unda ularning farzandlari 04.04.2013da og’ir yurak xastaligidan vafot etganligi ma’lum qilinadi. Bu telegramma o’sha kunni o’zida Qirg’iziston respublikasi Osh shahriga berib yuborilgan. Biroq, Qirg’iziston IIV xodimlari birodarimizni o’limi katta shov-shuv bo’lib ketishidan qo’rqib, telegrammani oila a’zolariga atayin kechiktirib berishdi.

Telegrammani olgan zaxoti uni yaqinlari birodarimiz jasadini olib kelish uchun O’zbekistonni Qarshi shahriga yo’l olishadi, ammo etib borishgach qamoqxona ma’muriyati o’z vaqtida kelmaganlaring uchun uni shu erdagi qabristonga ko’mib tashladik deb, mayitni yaqinlariga berishmaydi.

Yana bir birodarimiz Andijon viloyati Qorasuv shahrida yashagan, 1966 yilda tug’ilgan Abduraimov Mirolim ham Hizb ut-Tarhrir safida olib borgan faoliyati uchun ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Qamoqxonalaridagi sharoitni o’ta og’irligi hamda diniy ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan maxbuslarga nisbatan qo’llanilayotgan g’ayriinsoniy qiynoqlar natijasida, bu birodarimiz sil kasalligini og’ir ko’rinishi bilan kasallanib, Toshkent shahrida joylashgan, maxbuslar uchun mo’ljallangan kasalxona “Sangorod”da jazo muddatini o’tayotgan edi.

Biroq, birodarimizni axvoli o’ta yomonlashib ketgach, 2013 yil aprel oyi boshida “salomatligi jazo muddatini o’tashiga monelik qiladi” degan sud hukmiga asosan ozodlikka chiqarilgan. Ammo bu birodarimiz ozodlikka chiqqach o’n kuncha yashab, 2013 yil 12 aprel kuni bu dunyodan ko’z yumdi. Lekin bu birodarlarimiz buyuk maqom egasi bo’lishdi. InshaAlloh.

Alloh Taolo aytadi:

 

-“Alloh yo’lida o’ldirilgan zotlarni hargiz o’liklar deb o’ylamang! Yo’q, ular tiriklardir! U zotlar Alloh o’z fazlu karami bilan bergan ne’matlardan xushnud hollarida bahramand bo’lmoqdalar va hali ortlaridan etib kelmagan birodarlariga hech qanday xavfu xatar yo’qligi va g’amgin bo’lmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar”. [3:169-170]

Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallam “Shahidlarni sayyidi Xamza ibn Abdulmutallib hamda zolim podshoh xuzurida haq so’zni aytgan va shu sababli o’ldirib yuborilgan kishi” deganlar. Bu juda buyuk maqom, Islom Ummati tarixida bu maqomga musulmonlar doimo intilib kelgan va bu maqomga erishganlarga havas bilan qarashgan, xususan Islomning mashhur sarkardasi Holid ibn Validning badanida birorta jarohatlanmagan joyi qolmagan bo’lsa ham shahid bo’lolmagan. Bu juda buyuk maqom, chunki O’smon ibn Affon(r.a) Nabiy(s.a.v)dan rivoyat qiladi: -“Qiyomat kuni uch toifa (insonlar) shafoat qiladilar: Payg’ambarlar, so’ng olimlar, so’ng shahidlar”. (Ibn Mojja rivoyati).

Alloh Taolo bu haqda habar berganidek, bunday shahidlar Qiyomatgacha davom etadi, lekin kimga nasib qilishi bu Uning irodasiga bog’liq:

 

„Mo’minlar orasida o’zlari Allohga bergan ahdu- paymonlariga sodiq bo’lgan kishilar bordir. Bas, ulardan ayrim kishilar o’z ahdiga vafo qildi (ya’ni shahid bo’ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo’lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o’xshab Allohga bergan ahdu- paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q“. [33:23]

Iymonida sodiq musulmonlar Payg’ambarimiz(s.a.v)ning quyidagi hadisini shior qilishib olishgan:

 

-“Albatta, Allohning itoatida o’lish, Unga osiy bo’lib hayot kechirishdan yaxshiroqdir”.

Achinish kerak bo’lsa bunday zulmlarga tomoshabin bo’lib turganlardan achinish kerak, chunki Alloh Taolo undaylarni (4:97da) o’zlariga zolimlar,“….Bundaylarning joylari jahannamdir…”-deb xabar qilyapdi. Islom va kufr o’rtasidagi jang qiyomatgacha davom etadi, kofrlar Alloh Taoloning (2:120da) “Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lmaydilar…” – deb xabar qilganidek islom va musulmonlarga qarshilik qilmoqdalar, avvalda olimlarimizga, islomni to’la tadbiq qilish uchun xarakat qilayotganlarga qarshi bo’lishdi, xozir esa Islom alomati bo’lgan xijob, ro’mol, soqol xatto oq do’ppigacha qarshi bo’lyapdi. BMT yoki inson xuquqlari tashkilorlari zolim rejimlarning bunday jirkanch, ahmaqona vahshiyliklarini bilmaydilarmi?! Yo’q, ular bu ishlarni juda yaxshi bilishadi, lekin ko’z yumishmoqda, xatto bu ishlar uchun til biriktirishmoqdi… Axborot tarmoqlari nega bu haqida lom-mim deyishmayapdi?!

Alloh Taolo aytadi:

 

-“Ular biron mo’min xususida na ahdga va na burchga boqadilar” [9:10]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.