Amerika hujumidan besh Pokiston fuqarosi halok bo’ldi

628
0

Bugun, 17 aprel kuni Amerikaning uchuvchisiz samalyotlari Pokistonning Afg’onistonga chegaradosh bo’lgan Vaziriston mintaqasiga uyushtirgan hujumi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi. Bu haqida “Rusiyalyavm” agentligining muxbiri xabar qildi.

Frantsiya matbuot agentligi nomi oshkor etilishini istamagan mahalliy mas’ullarning biriga tayanib keltirishicha, Amerika samalyotlari tomonidan tolibon harakatiga tegishli harbiy bazani nishonga olib ikkita raketa otilgan.

O’z navbatida Pokistonning “Ji Ti FI” kanali janubiy Vaziristondagi razvedka manbasining Amerika samalyotlari Bobir g’ordagi turarjoy kompleksini nishonga olganligi haqida aytgan gapini efirga uzatdi.

Pokiston hukumati – har galgidek – uchuvchisiz samalyotlar orqali o’z hududiga uyushtirilgan Amerika hujumini tanqid qilib chiqqani aytilmoqda.

Ammo bir necha kun avval Pokiston o’z hududida Amerika uchuvchisiz samalyotlari tomonidan raketa zarbalari uyushtirishlariga ruxsat berganligi va bu borada Amerika-Pokiston o’rtasida maxfiy bitim mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Turkiston:
Pokistonda, Iroq, Afg’onistonda, 5ta 6ta, ming, millionlagan insonlar o’sha Amerika sabab xalok bo’lishmoqda.

AQShda esa, 3 kishi noma’lum shaxslar tomonidan portlatilgan minadan xalok bo’ldi. Putin bosh butun dunyo prizidentlari xamdardlik bildirishdi.

Biznikilarga esa, xatto ba’zi musulmon prizidentlarini bu xalok bo’layotganlardan xabarlari xam yo’q. Xorlikning eng tuban nuqtasi shu bo’lsa kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.