2015 yilning 9 fevral kunidan Qirg’iziston prezidenti A. Atambaev qiska muddatlik ishchi ta’tiliga chiqdi. Qirg’iziston kimlarning qo’lida qoldi!?

479
0

2015 yilning 9 fevral kunidan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev qiska muddatli ishchi ta’tiliga chiqdi. Bu haqida Qirg’izistondagi rasmiy matbuot xizmatlari xabar qilishdi. 10 fevraldan davlat tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi katta yurish amaliyotlari boshlandi. 7 fevral kuni mamlakatning sobiq bosh prokurori Aida Salyanova matbuot bayonoti uyushtirib, “ Men o’z xohishim bilan ishdan ketgan emasman. Menga har tomondan bosimlar bo’ldi. Prezident meni himoya qilmadi”, – dedi.

Prezident himoya qilmagan emas, balki himoya qila olmagandir? Negaki prezident o’zining yangi yil oldidan bergan matbuot bayonotida, ta’tilda yurgan Aida Salyanova haqida, “Salyanova ishdan ketgani yo’q. Hech qayoqqa ketmaydi ham. Xatto men u kabi insonlarni kelgusida prezident bo’lishi tarafdoriman”, – degan edi.

Prezident bosh prokurorni saqlab qola olmasa, musulmonlarni qandaydir vahshiy to’dalar changaliga tashlab qochsa. Bundan faqat bir gumon, to’g’rirog’i xalq ichida yurgan mish-mishlar haqiqatga yaqin ekani ma’lum bo’ladi. Bunday gap-so’zlarga qaraganda, prezident va uning komandasi Qirg’izistondagi asosiy quvvat emas.

Mish-mishlar prezidentga ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan o’sha figura O’murbek Tekebaev ekaniga ishora qilmoqda. Tekebaev kim? Islom va musulmonlarga qarshi unda shunchalar g’araz qayoqdan paydo bo’lishi mumkin?

Tekebaev Qirg’izistonning Jalolobod viloyatida 1958 yil 22 dekabr kuni tug’ilgan. To’rt marta “Jogorku Kenesh” chaqirig’i deputati, “Ata Meken” partiyasi lideri, Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan yurist, 1- klass darajasidagi davlat maslaxat xizmatchisi.

Atambaev muvaqqat hukumat ichidan prezident bo’lib saylanib, shu kungacha boshqarib kelish jarayonida Tekebaevning ta’siri o’ta kuchli. U Atambaevning siyosiy va yuridik tomonlama asosiy, balki yagona maslaxatchisi bo’lib keladi. Buni bilgan Qirg’iz siyosiy elitasi, barcha kadrlar masalasida ham Tekebaevni asosiy kordinator, deb tan olishadi. Bu taxminlarni Salyanovani o’rnini bo’shatish amaliyoti ham, Qirg’izistonning asosiy qonuni bo’lgan konstitutsiyasini ishlab chiqish masalasi ham uning ixtiyoriga mutloq topshirilib qo’yilgani, saylovda “Ata Meken” partiyasining deyarli mag’lub bo’lib turgan vaqtida, yagona Tekebaevning o’zi butun obro’sini ishga solib, butun davlatni aldab, g’irrom yo’llar bilan parlamentga o’tkazib yuborishga majburlay olganidan taxminimizni quvvatlay olamiz.

Tekebaevning Islom va musulmonlarga qarshi adovati bo’lishiga deyarli asos yo’q. Nega u, Atambaev jur’at qila olmagan ishga, uni chetlatib turib bo’lsa xam yo’l ochib berayapti? Balki, parlament saylovlari oldidan musulmonlarni chetga surib chiqarib yubormoqchidir? Bunga asos bor. U Islom va musulmonlar qo’llovidan foydalana olmaydi. Chunki konstitutsiyani yozayotgan paytida, uni svetskiy (din davlatdan ajratilgan) asosga quriladi, deb mahkam turib olgani hech kimga sir emas. Bu bilan u islomiy partiyalarni parlamentga kirishlariga va umuman davlat ro’yxatida bo’lishlariga chek qo’ygan edi. Lekin u musulmonlarni yoki islomiy jamoalarni har qanday saylovlarda saylash huquqidan maxrum qila olmagan. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, yuqoridagi musulmonlarga qarshi yo’naltirilayotgan loyiha, Takaboevni qiziqtirishi mumkin. Chunki saylov belgilangan vaqtidan ancha ilgariroqqa surilishi mumkin. Takaboev saylovda musulmonlar ovozidan hech kim foydalana olmasligi tarafdori.

Lekin Atambaevni chetlatib turish amaliyoti ham o’ta muxim jarayon. Bular Rossiya bilan AQSh davlatlarining har ikkalasini teng rozi qilish nayrangini o’ylab topishganga o’xshaydi. Negaki “IShID” vahimalarining barchasi AQShning loyihasi. Tekebaev boshqarib kelayotgan hozirgi Islomga qarshi amaliyotlar ham, o’sha vahimalar ortidan kelishi muqarrar bo’lgan jarayon. Bu Islomga qarshi olib borilayotgan amaliyotlarni ikki xil tushunsa bo’ladi.

Birinchisi: – Rossiya qo’llovi bilan O’zbekistonda uyushtirgan Andijon voqeasi kabi noroziliklarni uyushtirish. Qirg’izistonda AQSh tomonidan jadallik bilan olib borilayotgan “atirgur inqilobi” harakatlaridan ilgari, o’zlari xalqni provokatsiya qilish orqali beqarorlikni vujudga keltirish va bu orqali davlatga qarshi turgan barcha quvvatlarni bira to’la yo’q qilish hamda G’arb tomonidan olib borilayotgan matbuot hujumini ham to’xtatib qolish maqsad qilinadi.

Ikkinchisi: – AQSh bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ya’ni “IShID” vahimasi tarqatilishi ortidan ko’zlangan maqsad sari borilmoqda. AQSh Ravshan Jiyanbekov boshchiligida bir qator delegatsiyani Vashingtonga taklif qildi. Ularning qaytishlari bilan muxolifat vakillari yaxshigina quvvatlana boshlashdi. Ish “atirgul inqilobi”ni eslatib borayapti. AQSh Qirg’iz hukumatini shantaj qilib, o’z manfaati tomon yurgiza olayotgan bo’lishi mumkin. Atambaevning bu jarayonlardan bir chetda turib olishi, uni 7 fevralda Putin bilan Sochida birga bo’lishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, Atambaev Rossiyani rozi qilish tomon, Tekebaev esa, AQShga imkoniyat yaratib berish tomon yo’nalib, ikkalasi kelishgan holda har ikki tomonni birdek rozi qilish bilan, o’z o’rindiqlarini saqlab qolishga harakat qilishmoqda. Bu ketishda Qirg’izistonning ahvoli nima bo’ladi?!

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.