Qirol Salmon: As-Sisi bilan aloqalarimiz mustahkam

611
0

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali suhbat o’tkazdi. Suhbat chog’ida qirol Salmon Misrning barqarorligi va xavfsizligi borasida Riyozning pozitsiyasi aniq ekanligini va aslo o’zgarmasligini ma’lum qildi. Qirolga ko’ra, ikki davlat o’rtasidagi aloqalar buzilmaydigan darajada mustahkamdir.

“Saudiya Arabistoni bilan Misr o’rtasidagi aloqalar sog’lom aloqalarga tayanadi. Bu ikki davlatning bir biriga yaqinligi etarlicha mustahkamdir, har qanday urinish ular o’rtasidagi aloqalarga zarar bera olmaydi”, dedi Saudiya qiroli.

Ikki rahbar o’rtasida bo’lib o’tgan telefon suhbat Misr prizedentining ko’rfaz davlatlaridan yordam puli talab qilgan ovoz tasmasi oshkor qilinishining ertasi kuni amalga oshirildi. 2014 yil fevral oyida Misr prizedenti as-Sisi va uning xos kotibi Abbos Komil hamda harbiy kengash a’zosi Mahmud Hijoz ishtirok etgan yig’ilishda yozib olingan ovoz tasmasi bir kun avval matbuotda oshkor qilingan edi. Unda Misr prezidenti as-Sisi ko’rfaz davlatlarining har biridan 10 milliard dollardan mablag’ talab qilgani aks etgan.

Istambulda faoliyat olib boradigan Misr muxolifatiga qarashli televideniya orqali tarqatilgan ovoz qaydida prezident as-Sisi ko’rfaz davlatlaridan mablag’ talab qiladi.

“Ko’rfaz davlatlarining rahbarlari o’z davlatlari byudjetlarida katta mablag’ga egadir. 10 milliard dollar istaymiz. Birlashgan arab amirliklaridan 10 milliard, Quvaytdan 10 milliard… Harbiy hisobga o’tkaziladigan 10 milliard dollarga ehtiyojimiz bor. Pullar markaziy bankka qo’yiladi. Shu bilan 2014 yilgi hisob yopilgan bo’ladi”, deydi Sisi o’zaro suhbatda.

Uning bu so’zlariga kotib Abbos Komil kuladi. Shunda Sisi Abbos Komilga “nimaga kulasiz amaki? Pul ularda guruch kabi sochilib yotipti”, deb javob qiladi.

Suhbatda Abbos Komil Faqat Qatar markaziy bankining zaxirasi 900 milliard dollar ekanligini bildirib, Qatar amiri sha’niga xunuk so’zlarni ishlatadi.

Saudiya arabistoni va Birlashgan arab amirligi Misrda amalga oshirilgan habiy to’ntarish va saylovlarda Misrga eng ko’p moliyaviy yordam ko’rsatgan davlat hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.