Prezident Almazbek Atambaev 2014 yil 23dekabr kuni Moskva shahrida bo’lib o’tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig’ilishida Qirg’izistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi to’g’risidag hujjatni imzolagan va 2015 yilning may oyiga qadar Qirg’iziston bu ittifoqqa to’laqonli a’zo bo’lib kirishi ma’lum bo’lgan edi.
Qirg’iziston mazkur ittifoqqa a’zo bo’lib kirgach, Qirg’izistonning qo’shni davlatlar bilan bo’lgan chegarasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashqi chegaralari bo’lib hisoblana boshlaydi. Shu sababli Rossiya Qirg’izistonga chegaralarni mustaxkamlash uchun mablag’ va texnika bilan ko’mak ko’rsatishga va’da qilgan edi.
Davlat chegara xizmat raisi Rayimberdi Duyshenbievning 26 yanvar kuni Batken va O’sh viloyatlariga uyushtirgan safar davomida ko’tarilgan asosiy mavzulardan biri qirg’iz-o’zbek va qirg’iz-tojik chegaralarini mustaxkamlashdan iborat bo’ldi.
O’z safari davomida Duyshenbiev mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, huquq-tartibot va xavfsizlik idoralari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
Yig’ilishda chegarachilarni mahalliy hukumat organlari va kuch tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari hamda chegara xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda qo’shma chora-tadbirlar muxokama qilindi.
Turkiston:
Yevro Osiyo iqtisodiy kengashining xar bir xarakati Rossiyaning manfaatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Chegara masalasi xam bundan mustasno emas. Putinning O’zbekistonga qilgan oxirgi safari chog’ida, uning o’zi YeVROAYeSning nomidan “erkin iqtisodiy xudud” nomi bilan yangi bir tushuncha qabul qildi. Bu O’zbekiston va Tojikiston davlatlarining Rossiyaga bilan muomilalarida biroz sezgirroq bo’lishga majbur qiladi. Chunki bu tashkilot, faqat Rossiyaning manfaatlaridan ta’sirlanadi. Oxirgi paytlarda kufr matbuot markazi, butun quvvatini islomiy terrorizm xavfi kuchayayotgani vaximasini tarqatishga unday boshladi. Bu Qirg’izistonni xolsizligini xis qilib, tashqi quvvatlarga yaltoqlanishga undaydi. Chunki u Afg’oniston va Tojikiston bilan chegaralarini o’zining xarbiy quvvati bilan qo’riqlay olmaydi. O’zbekiston esa, Qirg’iziston O’rta Osiyoning strotegik nuqtasi bo’lib qolganidan, vasvasaga tusha boshladi va u xam AQShning eski texnikalarini sotib ola boshladi. O’zbekistonning AQSh tomon yuraverishi, Rossiyani Qirg’izistonni qurollantirishda davom etaverishga undaydi. Bu esa, mintaqadagi davlatlar aro keskinliklar kuchayishiga sabab bo’ladi.
Demak xozirda borayotgan kufr atamalaridan bo’lgan “islamafobiya” tushunchalarini rivojlantirib, bir necha manfaatlarni ro’yobga chiqarishmoqchi. Birinchisi, Islom ummatini bir necha bo’laklarga bo’lish. Rodikal, milliy yo’nalishlarda va mazxablar aro Shi’alar bilan Suniylar o’rtalarida keskinliklar paydo qilish. Ikkinchisi, O’rta Osiyo davlatlarini qurollantirishni kuchaytirish orqali, bir kun portlashi muqarrar bo’lgan porox bo’chkasini paydo qilib qo’yish.