AQSh senatori: Saudiyaga rahmat

446
0

AQSh senatori Jon Makkeyn Rossiya iqtisodida yuzaga kelgan inqirozda AQSh tarafidan Rossiyaga nisbatan qo’llangan sanktsiyaning ta’siri juda oz bo’lganligini bildirdi.

Makkeynning bildirishicha, Rossiya iqtisodida yuzaga kelgan inqiroz AQShning sanktsyalari sababli emas, Saudiya Arabistoni neft narxini orzonlashtirganligi sababli yuzaga kelgan. Makkeynga ko’ra, buning uchun Obama ma’muriyati Saudiya hukumatiga tashakkur bildirishi lozim.

“Neft narxlarini Vladimir Putinning iqtisodiga dramatik tarzda ta’sir qiladigan darajada pasayishiga izn bergan Saudiya Arabistoniga tashakkur bildirishimiz lozim”, dedi AQSh senatori Jon Makkeyn CNN televizion kanali bilan o’tkazgan suhbatda.

Biroq Amerikaning etakchi energetika mutxassisi T. Bun Pikens neft bahosi yana ko’tarilishi haqida bashorat qilmoqda. Pikensning olg’a surishicha, 12-18 oy orlig’ida neftning bahosi yana qayta 90-100 dollarga ko’tariladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.