Rossiya va Qirg’iziston o’rtasidagi bitim

453
0

Rossiya va Qirg’iziston o’rtasidagi bitimga ko’ra, Rossiya bu o’lkada o’zining harbiy bazasini joylashtirish uchun yiliga 4,5 million dollar to’lashni va’da bergan.

Mahalliy axborot agentliklariga tayanib, “Irna” axborot agentligi tarqatgan xabariga ko’ra, 2017 yil 29 yanvardan boshlab 15 yil davom etishi kutilayotgan bu kelishuv asosida Rossiya bazasi Qirg’izistonda soliq, tranzit to’lovi va boshqa xarajatlarni to’lashdan ozod etilishi aytilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy bazasini joylashtirish uchun Qirg’izistondagi sharoitini ko’rib chiqishni Rossiya parlamentiga topshirgan.

Oldinroq ham Qirg’iziston parlamenti o’z hududlarida Rossiya harbiylarini joylashtirish bitimini tasdiqlagan edi.

Ushbu harbiy bazani joylashtirishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiya manfaatlarini himoya qilish hamda Qirg’iziston xavfsizlikini ta’minlash ko’zda tutilgani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.