Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga bir haftalik safarini boshlagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Istanbulga tashrif burib Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an va tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’li bilan suhbat olib bordi. Suhbat chog’ida Kerri Turkiyani Isroil bilan diplomatik aloqalarni zudlik bilan tiklashga va yanada yaqinroq hamkorlik qilishga chaqirdi.
Uch yil oldin G’azoga insonparvarlik maqsadida yo’l olgan kemaga Isroil tomonidan hujum qilinib, kemadagi sakkiz turk va bir turk-amerikalik o’lganligi sababli bu ikki davlat munosabatlari sovuqlashgan edi.
Isroil voqea uchun Turkiyaning uzr so’rash talabini uch yil rad etib keldi, biroq Suriyadagi vaziyat kundan-kunga musulmonlar foydasiga hal bo’layotganidan ko’rgan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Barak Obamaning maslahati bilan uch yillik voqea uchun Turkiyadan uzr so’rab, qurbonlar oilalariga moddiy kompensatsiya to’lanishga majbur bo’ldi.
Kerriga ko’ra, Yaqin Sharqdagi ko’plab masalalarni hal qilish uchun, Xususan, Suriya masalasida Turkiya va Isroil hamkorligi zarur.
Obamaning ishorasini kutib turgan Anqara diplomatik aloqani tiklashga kirishdi.
Lekin yahudiylarga nisbatan nafratga ega musulmon halq qarsishida buni amalga oshirish oson bo’lmaydi. Jurnalist Semih Idiz fikricha, ular Suriya masalasi bo’yicha hamkorlik qilmasa bo’lmaydi, buni tushunib turishibdi. Har ikki davlat Suriya bilan umumiy chegaraga ega va u erga qo’shin kiritish taklifini quvvatlaydi.
“Suriyada bo’lajak rahbarlar kim bo’lishi eng muhim masala, ayniqsa, xavfsizlik nuqtai nazaridan”, – deydi tahlilchi Soli Ozel.
Turkiston:
Erdog’onga AQSh tomonidan surilayotgan taklif, uni ummat oldida, Islom davlatiga qarshi Xaybar bilan sulx tuzishga intilgan Qurayshga o’xshatib qo’yadi.
AQSh, vaziyat keskinlashgan sari, xuddi yana 11 senyabrda qilganidek, o’z molaylariga niqoblarini olib tashlashni buyuradi shekilli.
Erdig’on xozirgi o’ta noqulay vaziyatdan qanday chiqish yo’llarini axdamoqda. Chunki ikki tomonning biri, ya’ni Islom va kufrning birini tanlashga majburlanmoqda.
Voqe’lik ikkiga bo’lingani oshkoralikka chiqish arafasida turibdi. Ilgari shu ishlar, faqat siyosiy ongli odamlar ko’ra oladigan shaklda sir tutilar edi.
Lekin xali xam, noumid shayton deganidek, bulardan umidlarimizni uzmay turaylikchi. Negaki masala xozirgi xolat ustida emas, balki kutilayotgan Xalifalikni beshigidayoq bo’g’ib tashlash xususida ketmoqda.
Bu ish amalga oshirilishida, isroilning pozitsiyasi ma’lum, lekin u tomonidan iflosgarchiliklar boshlangudek bo’lsa, atrofdagi Turkiya singari qudrat egalari, norozilikka chiqqan o’z xalqiga qarshi turib beradilarmi? Yoki, ular xam xalqiga qo’shilib Islomni talab qila boshlaydilarmi? AQSh va isroilni faqat shu masala tashvishlantirmoqda.