Dog’iston poytaxti Maxachkala shahrida Rossiya kuch ishlatar organlarining musulmonlarga nisbatan hatti-harakatlari jamoat orasida katta norozilikka sabab bo’ldi.
Maxachkala shahrining “Vengriya jangchilari” ko’chasida joylashgan bir masjidda Namozxonlar rus politsiyasining Musulmonlarni hech qanday sababsiz betartib qamoqqa olishlariga qattiq qarshilik ko’rsatishdi. Taraflar o’rtasida chiqqan qarama-qarshiliklar biroz o’tib to’qnashuvga aylandi.
“Kavpolit” axborot agentligiga intervyu bergan masjid imomi Nigmatulla Rajabov ham bo’lgan hodisalarni tasdiqlar ekan, hodisada rus politsiyasini aybladi.
“Har Juma namozidan so’ng Rossiya politsiyasi jamoatimizdan bir qancha musulmonlarni qo’lga olishi odatga aylangan. Bu qamoqqa olishlar hech bir sabab ko’rsatilmay har hafta amalga oshirilganligi uchun jamoatning g’azabi ortib bormoqda. Musulmonlar bu hafta qarshilik ko’rsatishdi. Qarama-qarshiliklar qisqa vaqt ichida to’qnashuvga aylandi”, dedi masjid imomi jamoatning bir vakili sifatida.
Imom Nigmatulla Rajabov politsiyaning bu hatti-harakati tartibsizlikka yo’l ochishi mumkinligidan ogohlantirib davlat mas’ullariga murojaat qilganini bildirdi. Rus politsiyasi avvalgilari kabi o’tgan Juma kuni ham musulmonlarni qamoqqa olmoqchi bo’ldi. Ammo jamoat bunga yo’l qo’ymadi, musulmonlarni qamoqqa olinishiga sabab ko’rsatishlarini talab qilishdi. Shu onda to’s-to’polon boshlandi. Politsiya ko’zdan yosh oqizuvchi gazni ishga soldi va havoga o’q uzdi. Gazning hididan bir yosh bola hushidan ketti. Bu esa to’polon hayajonini yanada orttirdi. Insonlar politsiya avtomobillarini oynalarini sindirib, qo’lga olingan birodarlarini avtomobildan chiqarib olishdi. Undan so’ng hamma uyiga tarqaldi. Politsiya birorta ham musulmonni qamoqqa olishdan noumid bo’lib ortiga qaytdi.
Undan so’ng voqea joyiga etib kelgan Dog’iston xavfsizlik xizmati masjid imomini so’roq qildi. Bo’lib o’tgan hodisa rus politsiyasi tarafidan birma-bir surishtirilishi aytilmoqda.
Turkiston:
Ollox rozi bo’lsin shu musulmonlar jamoasidan. Ular Olloxga bergan va’dalarida vafo qilib, o’z birodarlarini kufr qo’lidan tortib olishipti.
Rossiya, Putin aytganidek, Ayiq siyosatini olib ketishda davom etayapti. Bu uni kutilayotgan urush xolatiga olib keladi. Kavkaz, Tatariston, Bashqirtiston kabi islomiy yurtlar undan ajraydi. Lekin bu ko’p qonli urushlar bilan amalga oshishi kutilmoqda. Putin rejimi shuni bila turib, atayin o’z mintaqalarida Islom bilan kufr o’rtasidagi kurash maydonini ochayotganga o’xshaydi. Balki ular o’zlarining boshqaruvdagi xar tomonlama muvaffaqqiyatsizliklarini shu urush ortida yashirib qolishni ko’zlashayotgandir. E’tibor bersangiz Rus matbuot mashinasi bir tomonlama xarakatlana boshladi. U xolisligini yo’qotib, musulmonlarga va ularni dastaklashi mumkin bo’lib turgan G’arb olamiga qarshi bir tomonlama, xuddi urushga tayorgarlik ko’rayotgandek xarakatlana boshladi. Bu xarakatlari albatta raqib tomonlarni birlashishiga va rodikallashishiga olib borishini naxot bilmasa.