Afg’onistonni tark etish AQShga 6 mlrd. dollarga tushadi

509
0

Britaniyalik mutaxassislarning hisob-kitob qilishicha, AQSh Afg’onistondan askarlari va harbiy texnikalarini olib chiqishi uchun kamida 6 mlrd. dollar sarflashi lozim.

Ularning tahliliga ko’ra, AQSh 2014 yilgacha Afg’onistondan harbiy anjomlar yuklangan qariyb 100 ming konteyner va 70 ming harbiyni olib chiqishi kutilmoqda. Bundan tashqari 28 ming avto ulov va 20 ming konteyner ham AQShga qaytarilishi lozim.

Mutaxassislar AQShning Afg’onistondan chiqishi Iroqdandan ko’ra ancha mushkul bo’lishini ta’kidlashmoqda. Chunki Amerika Iroqdan chiqib ketishda Quvaytdan unumli foydalangan. Ya’ni Iroqdan chiqqan Amerika harbiylari shundoqqina Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga joylashtirilgan yoki Quvaytdan karidor sifatida foydalanib, yuklar kemalar bilan dengiz orqali Amerikaga etkazilgan. Ammo AQSh uchun Afg’oniston atrofida dengiz ham, Quvayt kabi suyanishga loyiq davlat ham yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.