Isroil harbiy samalyotlari G’ozoni bombalashni yana boshladi

483
0

sxsxIsroil armiyasi G’azo tarafidan raketa otilganligini da’vo qilib musulmonlarni yana qirg’in qilishni boshladi.

Isroil armiyasining so’zchisi Pater Larner tvitter tarmog’i orqali tarqatgan da’voga ko’ra, G’azo tarafdan Isroilga qarata uchta raketa otilgan. Biroq hujumdan o’lganlar yoki jarohat olganlar yo’q.

“Otashkesim davom etayotgan bir paytda raketa hujumlarining yangidan boshlanishi Isroil armiyasining G’azoni yana hujumga tutishiga sabab bo’ldi”, deyiladi Isroil armiyasi tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda.

Isroil uzoq yillardan buyon qamal qilib kelayotgan G’azoni shu yilning 7 avgustida turli bahonalar bilan qirg’in qila boshlagan edi. Bir oydan ortiq davom etgan hujumlarda ikki migdan oshiq Musulmonlar qatl etildi. Shundan so’ng Misrda taraflar o’rtasida vaqtinchalik o’t ochishni to’xtatish va bu qaror muddatini uzaytirish uchun bir necha bor urinishlar bo’lib o’tdi. Oxirgi marta o’t ochishni to’xtatish qarori 24 soatga uzaytirilgan edi.

Isroilning “Haaretz” gazetasining yozishicha, oxirgi da’volardan so’ng bosh vazir Binyamin Netanyahu Qohiradagi muzokarachilarini ortga qaytishiga buyruq chiqargan.

Bundan avval Isroil mudofaa vaziri Moshe Yalan “Himoya chizig’i” amaliyoti oxiriga etmaganligini ma’lum qilgan edi.

“Himoya chizig’i amaliyoti hali tugamadi. Va’da qilganimizdek, sukunat va xavfsizlik ro’yobga chiqqunigacha hujumni davom ettiramiz”, dedi u Isroil dengiz qo’shini oldida chiqish qilib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.