Misr armiyasi: G’azo chegarasidagi 1659 tunelni buzib tashladik

488
0

asas Misr armiyasining so’zchisi polkovnik Muhammad Semir Misr armiyasiga qarashli birlashmalar G’azo chegarasida yana 20ta tunelni buzib tashlaganligini bildirdi. So’zchining ma’lum qilishicha, shu bilan bugungacha Misr armiyasi tarafidan buzib tashlangan tunellar soni 1659 taga etgan.

 So’zchi Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali bergan bayonotida tunellarni buzish jarayonida Misrga kirishga uringan uchta falastinlik ham qo’lga olinganlini qayd etdi.

 Amerika razvedkasiga yaqinligi bilan tanilgan “Onlayn razvedka” tarmog’ida tarqatilgan hisobotda keltirilishicha, Misrda kechgan harbiy to’ntarishdan so’ng Amerika bilan Misrning hamkorlik qilishi G’azo va Misr o’rtasidagi maxfiy tunellarning jiddiy ma’noda zarar ko’rishiga sabab bo’lgan.

 AQSh idorasi 2013 yil 28 avgustda “Raytheon Technologies” shirkatiga 10 million dollarlik yordam puli o’tkazib berganligi keltiriladi hisobotda. Hisobotga ko’ra, bu mablag’ Misr armiyasi G’azoga kerakli anjomlar va oziq ovqatlar olib o’tish uchun foydalanib kelingan tunellarni topib yo’q qilish uchun ishlatilgan.

Misr armiyasi tunellarni aniqlab, buzib tashlashi uchun AQSh idorasi Misr armiyasiga 2008 yildan buyon 23 million dollarlik yordam ko’rsatdi. Bu yordam pullari Misr armiyasini er ostidagi harakatlarni kuzatish uchun ishlatiladigan jihozlar va ekskavator, buldozer kabi tunellarni buzishda ishlatiladigan texnik vositalar bilan ta’minlashda ishlatilgan.

 Bosqinchi yahud rejimining istagiga muvofiq va Amerika bilan Misrning say’-harakatlari bilan yo’q qilingan tunellar G’azo uchun deyarli hayot tomirlari edi. Bir necha yillardan buyon qamal ostida qolgan G’azo xalqi oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg’i moddalar uchun ushbu tunellardan foydalanib kelishar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.